Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi
Nosir Normuhammedov 1927 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Fayzulla qori o‘z davrining ziyoli vakillaridan, ya’ni dan ilmining donishmandi bo‘lib, islomshunos sifatida katta obruga ega shaxs edn. Shu bois farzandlari: Nosir (olim), Jalil (poezd mashinisti), Muharram (uy bekasi), Salohiddin (haydovchi), Muqaddam (tikuvchi), Husniddin (geolog) larga halollikdan, diyonatdan, muhtojga himmat, yetimga muruvvat qilmok hadislaridan ta’lim - tarbiya bergan zot bo‘lgan. Fayzulla qori islom dinidagi “chumoliga ham ozor bermaslik” hikmatini bolalariga shior qilib bergan inson edi. Shuningdek, onlaynng issig‘u sovug‘i, boru yo‘g‘i, farzanddarining ruhiyatidagi o‘zgarishlar - oila iqlimi muvozanati qaxramonimizning volidai muhtaramasi Hamroxon aya nazoratida bo‘lgan. Shukrki, ularning mehnatlari zoya ketmadi- farzandlari o‘zlari istashganidek, elning koriga yaraydigan insonlar bo‘lib kamol topishdi... Nosir Normuhammedov 1934 - 1943 yy.Toshkent shahridagi Sobir Rahimov tumanidagi 20 - o‘rta maktabda tahsil oldi. Uning bolalik yillari 2 - jahon urushi yillariga to‘g‘ri keldi. Shu bois maktabni tugatib, oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgani uchui 1943 - 1944 yil otasi bilan ishlab, unga ro‘zg‘or yukini ko‘tarishga ko‘maklashdi. 1944 yili esa o‘zi orzu qilgan Toshkent davlat qishloq xo‘jalik instntutiga o‘qishga kirdi. Maktabdayoq kitob desa, mukkasidan ketib o‘kiydigan bola oliygohda ham sevimli mashg‘ulotini tark etmadi. Uning tirishqoqligi, izlanuvchanligi rahbariyatning e’tiboriga tushdi. Nosir Normuhammedov o‘sha davrning eng obro‘li va yuqori stependiyasi (Lenin stependiyasi) ga loyiq ko‘rildn. U institutning oldi talabalaridan bo‘lib, ilmiy anjumanlar va tadbirlarda faal ishtirok etdi. Nosir Nor.muhammedov 1948 yili institutni muvaffaqiyatli yakunlab, yo‘llanma bilan Xorazm viloyatiga agronom mutaxassisligi bo‘yicha ishga jo‘nab ketdi... AMMO bu davrda xizmat safarida bo‘lgan diplom rahbari Avtonomov safardan kaytgach, ilmiy salohiyati kuchli bo‘lgan shogirdini oliygohga chaqirtirib oldi. Chunki qishloq xo‘jaligida, ayniqsa paxtachilik tarmog‘ida hali ochilmagan, kashf etilmagan mavzular biser edi. Nosir ilmiy ish qilish - aspiranturaga kirish uchun rektorga ariza yozdi va to kabul vaqtigacha Paxta¬chilik kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishladi. 1950 yili aspiranturaga kabul qilindi - yu, ilmiy ishini yozishni ham boshlab yubordi. Yosh olim nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirib olib borarkan, viloyatlarda, tajriba hududlarida haftalab kolib”, shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelardi. Uyga kelganda esa onasining: “Olimgina bolasi ovkatlanmay, uxlamay qilayotgan ishlari rivoj topish” tilab, atrofida parvona bo‘lishlarini ko‘rib: “Onajon, duo qilsangiz bo‘ldi, men kuch¬li bo‘laveraman”- deya kulib, omasini xotirjam qilar va yana kitoblarga shunrirdi. Onaizorini duolari - yu, yigitning zahmatli mehnatlari zoe ketmadi. Bajarilgan tajribalar, ilmiy tahlillar, asosli xuloealar mukofoti - 1963 yili ilmiy ishini muvaffaqiyatli yokladi, tsishlots xo‘jaliti fanlari nomzodi bo‘ldi. 1968 yili esa dotsent il¬miy unvonini olishga sazovor bo‘ldi. Zakiy olim, mala kali ilmkor Nosir Normuhammedovning ko‘plab monografiyalari, darsliklari, ilmiy - uslubiy maqolalari va risolalari nashrdan chiqqan. Olimning kitoblari chet ellarda ham chop etil gan. Uning ilmiy ishlanmalari hali - hanuz talabalar va olimlar uchun muhim qo‘llaima bo‘lib kelmoqda. Nosir Normuhammedov umrini fanga, bilimini talabalarga berishdan charchamadi. U umrining oxirigacha o‘zi ta’lim olgan oliygoxda faoliyat yuritdi. Nosir Normuhammedov farzandlarini mehnatga va ilmning muqaddasligini his qilishga o‘rgatdi. Bukun Nosir Normuhammedov va Sur’atxon ayalarning davomchilari 7 farzand: Gulchexra (biolog, nafaqada), Sapuraxon (musiqashunos), Sayyora (iktisodchi), Saida (shifokor), Surayyo (iktisodchi), Nargiza (iktisodchi), Go‘zal geofaf)lar ota - onalarining ta’limlariga sodik umriguzaronlik qilishmoqda. 18 nabira va 24 nabiralar xam bobolarining vorislari bo‘lishsa ajab emas... Maqolani tayyorlashda yordam bergan olimning qizi Sapuraxon opa ham farzandlari Alisherjoi(vrach), Rustamjoi (sharqshunos), Anoraxon (xamshira) va kelinlari Madinaxon (vrach), Dildoraxoi (tikuvchi) va yetti nabirasiga otasining xayrli amallari haqida tez - tez hikoya qiladi. Nosir Normuhammedovning o‘gitlari ahli ilmning ko‘ngil xazinasiga aylangani xakikatdir.