O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Nosirova Adiba

    Adiba Nosirova — Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekiston Teatr ijodkorlari uyushmasi a’zosi. Qanday yaxshi! Yoshlarga ustoz bo‘lmoq, ularni idrok va ulug‘vorlik sari yuksaltirmoq, ko‘tarinkilik va ilmning cho‘qqilari sari intiltirmoq qanday yaxshi! O‘z kasbini sevmoq, buning ustiga talabalariga qattiq mehr qo‘ymoq undanda yaxshi! Shu niyatla mexnat qilayotgan Adibaxonim hammaning xurmatiga sazovar bo‘lgankim, buni olqishlamoq va faqat olqishlamoq kerak.
    Toshkent shahrida tavallud topgan Adibaxoi hozirgi Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at institutini drama va kino aktyorligi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan Dastlab Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa bo‘lib ishlay turib, teatrning adabiy bo‘limiga mudirlik qilgan. 1974 yilda esa yangi tashkil etilgan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutiga ishga taklif etilgan. Shu tariqa uning pedagogika faoliyati boshlangan. Adibaxon hozirgi kungacha Rejissura kafedrasida faoliyat yuritib, talaba - yoshlarga Jonli so‘z san’ati, Sahna nutqi fanlaridan saboq berib kelmoqda.
    Adiba Nosirova o‘quv, ta’lim - tarbiyaviy ishlarni ilmiy va ilmiy - uslubiy ishlar bilan birgalikda olib boradi. 1988—1993 yillar mobaynida u Sankt - Peterburg Davlat Madaniyat instituti Madaniyatshunoslik kafedrasida “Shaxs o‘yin madaniyati rivojida bayramona dam olish shakllarining pedagogik imkoniyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish  olib bordi va uni muvaffaqiyatli ximoya qildi.
    Pedagog - olima matbuotda va institut professor - o‘qituvchilarining ilmiy anjumanlarida muntazam ravishda ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan qatnashib keladi. Uning So‘z san’ati fani bo‘yicha tuzgan o‘quv dasturi, “Madaniy dam olish pedagogikasi” uslubiy qo‘llanmasn, “Shaxs o‘yin madaniyati” monografiyasi, “Jonli so‘z san’ati asoslari” o‘quv kitoblari o‘qituvchi va talabalar uchun zaruriy qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.
    Adiba Nosirova institut Xalq badiiy ijodiyoti fakulteti xotin - qizlar qo‘mitasi raisasi sifatida ham faoliyat olib boradi. Uning talabalar uyida o‘tkazgan suhbatlari, tarbiyani ijodiy ko‘rinishlar (sahnaviy lavhalar) orqali olib borishi yoshlarda o‘qishga va o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqishini orttirib bormoqda. Uning “Muomala madaniyati — qizlar ko‘rki”, “Ahloq va hayo — qizlar sepi’, “To‘g‘ri tarbiya - jamiyat boyligi” kabi mavzulardagi ma’ruza va suhbatlari ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. 
    Institut anjumanlar saroyida uyushtiriladigan yirik bayram tadbirlari, uchrashuv va teatrlashtirilgan kontsertlarni tayyorlash va o‘tkazishda A.Nosprovaning ijodiy mehnati beqiyosdir. Ayniqsa uning rahbarligida tayyorlangan “Muqaddassan, ayol” teatrlashtirilgan musiqiy tadbir, Abdulla Qodiriy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan teatrlashtirilgan kechalar muxlislarda katta taassurot qoldirdi. Institut qoshida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Tug‘yon” teatr - studiyasi ijodkorlari Adiba Nosirovani eng yaqin ko‘makchilari, maslahat go‘ylari deb bilishadi. Chunki u teatr - studiyaga a’zo bo‘lgan har bir talabaga jamoatchilik asosida sahnaviy nutqning sirlarini jon dili bilan o‘rgatib kelmoqda.
    Uning shogirdlari hozirgi kunda O‘zbekiston Televideniyasi va radiosida, Respublika teatrlari va madaniy - ma’rifiy muassasalarida xizmat qilib kelmoqda. Shogirdlarning har bir muvaffaqiyati ustoz uchun katta mukofotdir. Har kimga ham ana shunday mukofotlar va shogirdlar olqishi nasib etsin.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5