Ravsham Nurimbetov 1973 yilda tavallud topgan. Otasi Ibrohim aka nemis tili o‘qituvchi bo‘lib, maktab direktori vazifasida ishlar, to‘rtala o‘g‘liga ham ilmning muqaddasligi haqida ko‘p gapi¬rardi. Shy boismi to‘rtala o‘g‘il ham oliy ma’lumotli yetuk insonlar bo‘lib yetishdilar. Ravshanjon — iqtisodchi, arxitektor, Rashidjon huquqshunos, Rahmatulla - diplomat, Mansurjoi - fermer, inje¬ner bo‘lib, ota - onaning orzulari ushaldi... Onasi Yangil ona esa boqcha tarbiyachisi bo‘lib, nihoyatda hokisor ayol edi. Ravshan maktabni a’lo baholarda tamomladi - yu, 1993 yili Toshkentga yo‘l oldi. Baxti kuldi - Arxitektura qurilish institutiga o‘qishiga kirdi. 1998 yilda mazkur institutning “Qurilishda iktisodiyot va boshqaruv” mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Umidli mutaxassisni (1998Y.) institutning “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasida assistent lavozimiga olib qolishdi. Tinimsiz mutolaa va izlanishlar natijasida avval katta o‘qituvchi, keyin fakultet dekann o‘rinbosari, kafedra dotsenti, magistratura bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekani vazifalarida faoliyat yuritdi... U 2016 yildan institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori qilib tayinlandi. 2018 yildan esa bu ishlar ko‘lamiga ilmiy ishlar va innovatsiyalar ham ko‘shildi. 200dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar, shu jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya va 10 dan ortiq o‘quv - uslubiy ishlar, 90ta ilmiy maqolalar (shundan 63 tasi respublika, 12tasi MDQ, 2tasi xorijiy jurnallarda, 63 tasi respublika konferentsiyalari matbuoti vositalarida chop etilgan), 80dan ortik tezislar muallifi bo‘ldi.Izlanuvchan olim avval iktisod fanlari nomzodi, so‘ng iqtisod fanlari doktori va professorlik darajalariga erishdi. 2011 - 2015 yillarda OAKning iqtisodiyot fanla ri bo‘yicha Ekspert komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritdi. 2017 yildan Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash xuzurida ilmiy seminar a’zosi bo‘ldi. Ravshan Ibrohimovichning shaxsiy tashabbusi bilan institutda 2018 - 2019 o‘quv yilidan Menejment na Sanoat iktisodiyoti ixtisosligi bo‘yncha mustaqil izlanuvchanlik institut 2019 - 2020 yil uchun tayanch doktorantura ochildi. R.Nurimbetovning sa’y - harakatlari bilan 2017yildan boshlab institutda nashr ettiriladigan “Arxitektura. Qurilish. Dizayn” ilmiy - amaliy jurnalining har bir sonining muqovasinn turli dizaynlarda nashr qilish yo‘lga ko‘yildi. Jonkuyar murabbiy, talabchan raxbar 2017 yilning oktyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan bajarilishi 2018 - 2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy - texnika dasturlarini shakllantirish uchun e’lon qilingan tanlovning amaliy tadqikotlar va innovatsiya ishlari loyixalari xamda yosh olimlar loyihalarini ilmiy - texnikaviy ekspertizadan o‘tkazish uchun Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ekspertlrtlar guruhi tarkibiga kiritildi. Ravshan Nurimbetov bugungi kunda qurilish industriyasida boshkarishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmini va uy - joy fondini boshqarishni takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning ilmiy rahbarligida Zta ilmiy salohiyatli kadrlar. shundan 1 nafari fan nomzodi va 2 nafari (Ph.D.) falsafa doktori dissertatsiyasini, 20dan ortiq magistrlik dissertatsiyalarini va 100ga yaqin bitiruv malakaviy ishlarini himoya kilishdi. Xozirda uning ilmiy rahbarligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yosh ilmiy kadrlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. R.I.Nurimbotov uzining tashabbuskor, mas’uliyatli, ishonchli, talabchan va barchaga g‘amxo‘rligi bilan jamoa orasida e’tiborga sazovor. Nafaqat jamoada, shuningdek oilada ham uning o‘rni e’zozli. Rafiqasi Salimaxon (hisobchi) bilan dilbandlari: Vobirjon (Texnika universiteti tolibi), Maftunaxon (Jahon tillari oliygohi talabasi), Madinaxon (o‘quvchi) larni ulg‘aytirishdn. Otasi Ibrohim aka aytgandek “olim, bulsang olam seniki” deya ularni hayotni o‘rganishga da’vat qilishdan charchashmaydi. Biz ham otaning fikrlariga ko‘shilgap holda shunday zukko olimni yurtga yetishtirib bergani uchun “Ming rahmat!” deymiz...