O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Paxtagul Rasulzoda

Paxtagul RasulzodaDunyo ko‘rgan olima

     Paxtagul Rasulzoda 1932 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan, oilali, to‘rt nafar farzandning onasi. 1958 yilda Top DUning (hozirgi Milliy unversitet) sharqshunoslik fakultetini bitirgan, so‘ng aspiranturaga kirib, 1964 yilda “XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida O‘rta Osiyo - Hind aloqalari tarixi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1958 - 1976 yillar davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1976 yildan to hozirga qadar Toshkent Temir yo‘l muxandislari institutida kafedra mudiri, keyin dotsent lavozimida siyosiy fanlardan dars berib kelmoqda. U 1990 1992 yillarda Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida ham “Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
  1996 yili O‘zbekiston Respublikasi Xotin - qizlar delegatsiyasining azosi sifatida Pokistonga rasmiy safar qilib, uchrashuv va anjumaplarda qatnashgan va O‘zbekiston — Pokiston xalqlari o‘rtasida madaniy aloqalar tarixidan ma‘ruzalar qilgan. 
  Olima O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shaxar Xotin - qizlar qo‘mitasida ayollar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jismoniy sport mashg‘ulotlarini rivojlantirish targ‘ibotchisi hamdir.
  Paxtagul Rasulzoda mexnat faoliyati davomida «Oliy talim alochisi». «Temir yo‘l faxriy xodimi», «Sport xarakati faxriy azosi», Respublika va shaxar miqyosida faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
  U «MagokaSh auoIag» markazi azosi spfatida yopglar o‘rtasida olib borilayotgan maъrifiy ipmarga o‘zinpng munosib xissasini qo‘shmoqda. Yurtimizning ana shunday fidoyi ayollari bor ekan, ertasi ham umidli bo‘laveradi. Ze-ro Paxtagul Rasulzoda sin1ari olov yurak ayollarimiz uchun befarqlpq begona. Ular qalbi uyg‘oq, g‘ururi baland, yurt uchun, el uchun yonib yashaydigan zamondoshidirlar.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5