O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Rafiqova Shohidaxon

    Har bir ayol oldida  bu dilemma gavdalanmay qolmaydi. Yani, o‘z shaxsiyatining  rivoji muhimmi yoki  bolalar tarbiyasi , uy – ro‘zg‘or  yumushlari , xonadon fayzi, oila boshlig‘ining tinchlik - xotirjamligi, pirovardida oila rivojimi? Zero, bularning hammasini bir vaqtning o‘zida to‘laqonli ado etish nihoyatda mushkul. Ko‘pincha ayol o‘z kasb - korida: u xoh ilm - fan bo‘lsin, xoh adabiyot, san’at, madaniyat bo‘lsin, yoxud siyosat va ijtimoiy hayot bo‘lsin yuqori cho‘qqilarni zabt etish uchun shaxsiy hayotdan (orzudan) chetlanishga majbur bo‘ladi, bunga insoniyat tarixida nom chiqargan ayollarning hayoti misol bo‘la oladi.
  U 1951 yilda Toshkent shahrida obro‘li va namunali oilada dunyoga keldi. Otasi Shamsiddinxo‘ja Tursunxo‘jayev uzoq vaqt shaharlararo avtobus haydovchisi bo‘lib ishlagan, onasi Mahfuzaxon Tursunxo‘jayeva Nizomiy nomidagi pedagogika institutini bitirgan. Qahramon ona, 7 farzandning onasi.
  Shohidaning qalbida o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq shifokor bo‘lish orzusi uyg‘ondi va kundan - kun mustahkamlanib bordi. Toshkent tibbiyot institutiga kirish imtihonlaridan o‘ta olmagach, Toshkent tibbiyot texnikumining umumiy tibbiyot bo‘limiga kirib o‘qidi. Mehnatsevarligi, intiluvchanligi tufayli bilim yurtini imtiyozli diplom bilan bitirdi.
  Mehnat faoliyatini 1969 yili O‘zbekiston ortopediya va travmotologiya ilmiy - tadqiqot institutida (O‘zNIITO) hamshira - anesteziolog lavozimida boshladi. Qisqa muddat ichida jarrohlikning eng murakkab va mas’uliyatli jarayonlarida mohir jarrohlar yonida turib, kasb sir - sinoatlarini yaxshigina o‘zlashtirdi. Jamoada o‘z o‘rnini topa oldi. Hamkasblar uni “diplomsiz vrach” deb atashar edi. Axir unga ustozlari O‘zbekistan tibbiyotining yorqin namoyandalari: professor Shomatov, Shokirov, Olimov, Islombekov, Vasilyevlar ustozlik qilishardi - da. Ammo oliy ma’lumotli bo‘lishni diliga astoydil tuggan Shohidaxon 1970 yili Nizomiy nomidagi pedagogika institutining ximiya - biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.
  O‘sha yili uning hayot yo‘lida butun kelajagini belgilab beruvchi voqea sodir bo‘ldi, u hozirda o‘zbek xalqining mehriga sazovor bo‘la olgan san’atkor O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqovga turmushga chiqdi. Turmush o‘rtog‘ining sha’niga aytilgan sifatlarni yozilishida Shohidaxonning to‘laqonli hissasi bor. 1975 yilda institutni tamomlashi, so‘ngra O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 2 - klinik RNSEMP kasalxonasining bioximiya laboratoriyasida “oliy toifali” vrach - laborant bo‘lib ishlashi jarayonlarida, uning oldida birgina oliy maqsad turardi, - oila ravnaqi va turmush o‘rtog‘ining orzusiga hamkor, hamdard, xamjihat bo‘lish.
  Shohidaxon Rafiqova 2001 yilda 33 yillik halol mehnatdang so‘ng nafaqaga chiqdi. Ammo hamon tinimi yo‘q. Xonadon fayzi, uy - ro‘zg‘or yumushlari, nevaralar tarbiyasi, oila halovati uning asosiy vazifalari. Oila ham uning hurmatini o‘z o‘rniga qo‘yib, uzoq yurtlarga safarga borib kelishiga imkoniyat yaratib berdi: Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Birlashgan Arab Amirligi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Frantsiya, Shveytsariya, Gollandiya kabi ko‘plab mamlakatlarda sayohatda bo‘ldi. Shohidaxon uyidan, Vatanidan qancha uzoqlashsa, ularga bo‘lgan mehr - muhabbatini shunchalar teran anglaydi. Yurtiga, oilasiga bo‘lgan mexri yanayam kuchayadi. Darhaqiqat, oila va uning ravnaqi Shohida Rafiqovaning butun borlig‘i va hayoti mazmunidir. Oila - uning uchun hamisha muqaddas. 

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5