O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Raxmanberdiyev Gappar

Raxmanberdiyev GapparAkademik, kimyo fanlari doktori, professor

    Taniqli olim Gappar Raxmanberdiyev haqida gapirganda, uning 55 yillik faoliyati, zahmatlari, yutuqlari bir - bir ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Professor 30 yildan beri Sellyuloza kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot institutida kichik va katta ilmiy xodim, sektor va laboratoriya mudiri, bo‘lim boshliti, 1992 yildan buyon esa Toshkent kimyo - texnologiya institutida kafedra mudiri va professor lavozimlarida halol mehnat qilib kelmoqda... “Otam (Rahmonberdi) xizmatchi bo‘lib, 1943 Yili urushda haloq bo‘lgan. O‘shanda akam (Karimjon) 16 yoshda, opamlar: Mavzufa 12, Zarifa 10 va men 3 yoshda bo‘lganmiz. Onam - Tojinisa aya yonimizdagi kolxozda ishlab bizni boqqanlar. Akam Roqselmash zavodida 40 ayolga bosh bo‘lib, snaryad ishlab chiqaradigan tsexda, opam kolxozda ishlagan. Akamiz shu qiyinchiliklar sabab butun avlodimizni ilm olishga jalb qilgan. Natijada 4 nafar fan doktori va 1nafar fan nomzodi yetishib chiqdi. Karimjon akam qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, mas’ul vazifalarda ishladi, qolganlar ham ilm olamida o‘ziga xos maktab yaratishdi”, -deydi olim.
    Gappar Raxmanberdiyev- tsellyuloza va uning hosilalari kimyo¬si va texnologiyasi sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan yirik mutaxassisning orzulari ushaldi. Uning rahbarligida birinchi marotaba tsellyuloza efirlarining suvda zrish sabablari, unga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi va aniqlandi. Moskva olimlari bilan hamkorlikda virus (gepatit) kasalliklarini davolaydigan salitsilamin va suvda eriydigan atsetiltsellyuloza asosida interferon induktori (SAVRAS), ko‘z rak kasalligini davolaydigan ko‘z pardasi- “GLP” (glazniye lekarstvenniye plyonki), sil ka¬salligini davolaydigan, qon ketishini keskin to‘xtatuvchi dorivor polimer moddalar ishlab chiqarildi va to‘liq toksiko - farmokologik tekshiruvlaridan o‘tib, tibbiyotga keng qo‘llashga tavsiya etildi. “SAVRAS” 1998 yilda Moskva shahrida chop etilgan “Virusta qarshi preparatlar” ma’lumotida XXI asrning eng yaxshi preparatlar qatoriga kiritildi. G. Raxmanberdiyev rahbarligida yonmaydigan matolar, fasonli yigirilgan atsetat tolasi va “Navoiy azot” ishlab chiqarish birlashmasi chiqindisidan atsetilen kurumi (saja) olish sanoatiga tadbiq etildi. Shuningdek, professor boshchiligida dunyoda ilk bor bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklardan terak va “Topinambur” poyasidan kimyoviy kanta ishlashga yaroqli bo‘lgan tsel¬lyuloza va ularning asosida kosoy, qog‘oz mahsulotlari, efirlari olish texnologiyalari yaratildi. Professorning 2 ta monografiya, 3 ta darslik va 20 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari nashrdan chiqqan. 500 dan ortiq ilmiy maqolasi, chet ellarda (AQSh, Germaniya, Avstriya, Rossiya, Ruminiya, Xigoy, Turkiya, Italiya va Shvetsariya) chop etilgan. U 19ta mualliflik guvohnomasi va 25ta patent olgan. Oliy o‘quv yurtlari uchun “Sellyuloza - qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari” mutaxassisligi bo‘yicha mualliflikda yaratgan “Qog‘oz texnologiyasini asoslari” darsligi Respublika tanlovida faxrli 1 - o‘rinni (2010 y) va “Qog‘oz texnologiyasi” darsligi 2 - o‘rinni (2011y) egallagan. Uning rahbarligida 8 nafar fan doktori. 20 nafar fan nomzodi tayyorlandi. Olim “Kimyo va kimyo texnologiyasi” va “Kompozitsion materiallar” jurnallarining redkolegiyalarn a’zosi, ko‘p yillardan beri O‘z OAKning ekspert guruhiga a’zo. G. Raxmanberdiyev o‘zining serhosil faoliyati natijasida Respublikada “Eng yaxshi o‘qituvchi” (1996 - 1997), “Oliy ta’lim a’lochisi” (1998), “Institutda xizmat ko‘rsatgan professor” (2004), “Yil olimi” (2006) faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan. Hukumatimiz sertsirra va sermahsul xizmatlarini inobatga olib, uni 2016 yili “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” ko‘krak nishoni  bilan taqdirlagan.
    G. Raxmanberdiyev rafiqasi Shoista Abbosova (taniqli shifokor) bilan qizlari: N. G‘. Raxmanberdiyeva (“Biokom” XK rahbari), D. G‘. Saidahmedova (pediatr) larga ham insonni e’zozga loyiqlaydigan ilmga hamisha sodiq bo‘lishlarini uqtiradi...    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5