Roziqov 1936 yilning 27 aprelida Samarqand shahridag xizmatchi oilasida tavallud topgan. Uning bolaligi Namangan viloyatining Kuyukmozor qishlog‘ida o‘tgan va shu qishloqdagi maktabda o‘qigan.
1952 yili mmaktabni a’lo boholarga tugatgan K.X. Roziqov O‘rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) kimyo fakultetiga o‘qishga qabul qilindi.
1957 yili universitetni imtiyozli diplom bilan bitirib Moskvadagi L.Ya. Karpov nomli fizik - kimyoviy ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasiga o‘qishga kirdi va akademik V. A. Kargin rahbarligida polimerlar fizik kimyosi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot olib bordi.
K. X. Roziqov mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent polimerdar kimyosi institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshladi. 1964 yili Butunittifoq paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi institutiga aylantirilgan mazkur dargohda katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, laboratoriya mudiri bo‘lib ishladi. 1962 yilda fan nomzodligi uchun, 1973 yilda esa fan doktorligi uchun dissertatsiyalar yoqladi.
1981 yilda u fizik kimyosi ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
1978 - 1989 yillarda O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash (hozirgi Kimyo - texnologiya va organik kataliz) instituti direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 1989 yili K. X. Roziqov Namanganga keldi va mehnat faoliyatini Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) davom ettirdi. Dastlab kimyo kafedrasini boshqardi, so‘ngra ekologiya kafedrasini tashkil etib, kimyogar - ekolog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi. Institutda bir necha yil ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatib, ko‘plab fan doktorlari va nomzodlari yetishib chiqishiga bosh - qosh bo‘ldi. U shaxsan 5 nafar fan doktori va 15 nafar fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qildi.
Olim 1999 yildan yana Toshkentga qaytib, hozirda Toshkent davlat agrar universitetida professor lavozimida ishlayapti.
K. X. Roziqovning 300 dan ziyod ilmiy ishlari bor. 30 ga yaqin ilmiy ixtiro - kashfiyot guvohnomasi, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanmasi, 2 ta ilmiy monografiya shular jumlasidandir. U 2003 yili nashr etilgan “Moddalar taxlili va tadqiqining fizik-kimyoviy usullari” nomli o‘quv qo‘llanmasining mualliflaridan biridir.