Iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi
Qumri Safayeva 1937 - yil 10 - avgust kuni so‘lim Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tavallud topgan. Qumrixonning otasi - Berdiboy Abdullayev tuman jamoa xo‘jaligida ishlagan, onasi Abdullayeva Tuxfaniso uy bekasi bo‘lgan. Hayotning achchiq qismati yosh Qumrixonni uch yoshida onasidan judo qildi, otasi esa 1941 - yilda nemis - fashist bosqinchilariga qarshi urushga ketgandan so‘ng, uni Anbarniso ismli xolasi o‘z qaramog‘iga olgan.O‘zining bolalikdagi tarbiyasida, o‘sib voyaga yetishida mehribon xolasining xizmatlari beqiyos katta bo‘lganini Qumri Safayeva har doim chuqur mamnuniyat bilan eslaydi.
1948 - yilda Qumrixonlar oilasida Yangiyo‘l shahriga ko‘chib keladi. Bu yerda Qumrixon 4 - o‘rta maktabni a’lo baholarga bitiradi. O‘quvchilik yillarida Qumrixon, ayniqsa, matematika faniga bo‘lgan qiziqishi va iqtidori bilan ajralib turardi. Shu bois u maktabni oltin medal bilan biritgan.
Qumrixon (matematika o‘qituvchisi Sofiya Samadovna Ashurovaning tavsiyasi bilan)1955 - yilda Toshkent Davlat Universitetining Matematika fakultetiga o‘qishaga kiradi va1960 yili universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, O‘zbekiston Respubikasi FAsi “Matematika” ilmiy tekshirish instituti qoshida akademik V. Q. Qobulov tashabbusi bilan tashkil qilingan “Hisoblash markazi”ga ishga qabul qilinadi.
Shu yili u Moskva shahriga sobiq ittifoq FA si Hisoblash markazi qoshidagi aspiranturaga yo‘llanma oladi. Qumri Safayeva 1960 - 1963 yilardagi aspiranturadagi o‘qish davomida o‘sha paytlarda yangi soha hisoblangan “Iqtisodiyotda matematik usullarni qo‘llash nazariyasi” mavzusida ilmiy ish olib boradi. U ko‘p yechimga ega bo‘lgan iqtisodiy masalalarni optimal yechimlarni topish usullarini o‘rganuvchi “Matematik programmalashtirish” fanining nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish bilan shug‘ullana boshlaydi. 1966 yilda Qumri Safayeva o‘z sohasi bo‘yicha respublikada birinchilar qatorida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Qumri Safayeva 1966 - 1968 yillarda Kibernetika ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko‘rsatib, yangi matematik usullarni amaliyotgan va xususan, iqtisodiyotga joriy etish ustida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
1968 - 1991 yilar davomida Qumri Safayeva Toshkent Xalq xo‘jaligi institutda dastlab katta o‘qituvchi, undan keyin esa dotsent, professor va kafedra mudiri lavozimlarida ishladi.
1991 - yilda Qumri Safayeva yangi tashkil etilgan Toshkent Moliya institutining “Matematika” kafedrasi mudiri lavozimiga ishga o‘tadi va bu lavozimimda ishlab kelmoqda.
Qumri Safayevaning ilmiy faoliyati o‘zbek akademik olimlari S. X. Sirojiddinov, T. A. Sarimsoqov, V. A. Qobulov va F. B. Abutoliyev, dotsent F. S. Xojimullayevlar muhim o‘rin egallaydilar. Ayniqsa , aspirantura va undan keyingi davrda V. Qobulov va F. Abutoliyevlarning hamda Rossiya FAsi akademigi N. L. Fedorenkoning, professorlardan Ye. G. Golshteyi, A. L. Brudno, K. A. Bogrinovskiyning bevosita bergan ilmiy maslahatlaridan, otalarcha ko‘rsatgan mehribonliklaridan Qumri Safayev behad minatdor ekanligini doimo ta’kidlaydi. Olima ulardan fan sirlarini va fanga bo‘lgan fidoyilik xususiyatlarni o‘rgangan.
Qumri Safayevaning ilmiy ishlarida respublika paxta kompleksini optimallashtirishning matematik modellari va bu modellar asosida optimal yechimlarini topish usullari mavzusidagi izlanishlar salmoqli o‘rin tashkil qiladi.
Ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi sifatida olima paxta kompleksi tarkibiga kiruvchi turli tarmoqlarni o‘zar bog‘langan holda taraqqiyotini ta’minlovchi matematik modellar sistemasini kashf etadi va bu modellar sistemasini yechish usullarini topadi.
Qumri Safayeva 1990 - yilda “O‘zbekiston paxta kompleksini optimallashtirishning matematik modellari va usullari”mavzusida doktrolik dissertatsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qilib, iqtisod fanlari doktorlik ilmiy darajasiga, 1992 - yilda esa professor unvoniga ega bo‘ldi.
1992 - yilda Q. Safayevaga “Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” yuksak unvoni berildi. Bu esa olimaga ilmiy jamoatchilik va hukumat tomonidan berilgan munosib baho bo‘ldi.
Q. Safayeva o‘ziga izdoshlar tayyorlashda, ilmiy pedagogik kadrlarni yetishtirishda doimo faollik ko‘rsatib keldi. Olimaning bevosita rahbarligida bir doktorlik ishi, ikkita nomzodlik ishi muvaffaqqiyatli himoya qilindi. Professor Q. Safayeva 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 150 dan ortiq maqolalar muallifidir.
Q. Safayeva faoliyatida pedagogik jarayon ham katta o‘rin tutadi. U kishi tomonidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalarni zaruriy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Q. Safayevaning pedagogik ishlari “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi”, ”Mehnatdagi yutuqlari uchun” nishonlari bilan va hukumatning bir qancha “Faxriy yorliqlari” bilan taqdirlangan. Professor Q. Safayeva hozirda ham o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnodlogiyalarni qo‘llashga, o‘qitishning samarasini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy usullarni amalga oshirish ishlariga doimo e’tibor berib kelmoqda.
Q. Safayeva o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlarini yaratishda ham faollik ko‘rsatib kelmoqda.
Keyingi yillarda Q. Safayeva tomonidan yoki ularning rahbarligida yaratilgan lotin alifbosidagi o‘quv adabiyotlar ham salmoqli bo‘lib, talabalar ehtiyojiga xizmat qilmoqda.
Q. Safayevning shaxsiy fazilatlariga, uning kamtarinligini, odamlarga mehribonligini, ishchanligini, adolatparvarligini, o‘ziga va atrofindagilar talabchanligini, rejalashtirilgan ishlarni bajarishga ulguradiganligini bosiq va qat’iyatligini, tashkilotchi rahbar ekanligini, yangilikka intiluvchanligini va boshqa shu kabi fazilatlarini kiritish mumkin.
Q. Safayeva oilasini ziyolilar, olimlar oilasi deyish mumkin. Umir yo‘ldoshi Safayev Abdulla aka iqtisod fanlari doktori, professor.
Qizi Jo‘rayeva Ra’no iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. O‘g‘li Safayev Sobirjon fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent, Q. Safayeva oilasi, farzandlari va nevaralari bilan Yaratganga shukuronalar aytib, baxtli hayot kechirmoqdalar.
Hozirgi kunda professor Q. Safayeva o‘z ilmiy pedagogik faoliyati. Yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalab yetishtirayotganligi, yangi o‘quv adabiyotlarini muntazam nashrdan chiqararayotganligi, ilmiy kadrlarni tayyorlashdagi hissasi, jamaot ishlarida faol ishtirok etayotganligi, ta’lim tizimini takomillashtirishdagi jonbozligi tufayli institut rahbarlariyati, professor -o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida katta hurmat va ezozga sazovordir.
Professor Q. Safayevani ilmiy - pedagogik faoliyatining 50 yilligi va tavallud kunlarining 70 yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.Ulardek kamtarin va mehribon ustozga sihat - salomatlik, omonlik, baxt va omad tilaymiz.
Ustozlar shogiri haqida, Ustoz ishonchini oqlagan shogird, Birinchi qaldirg‘och, Kasbinda o‘z baxtini topgan olima.Ilm va ma’rifat ziyokori, Ilm va ibrat Yoshlarni suyukli murabbiysi, Matonat va salohiyat sohibi.Taniqli olima, sevimli ustoz - murabbiy, Taniqli olima va tajribali ustoz, Kamtarin va oqila inson. Fan va ta’lim, Qalbi mehrga to‘la ayol. Talabchan va mehribon ustoz, Sermazmun va sermahsul umr sohibi, Komila ayol, Jonkuyar opa Kamtarin salohiyat. Yaxshilik unutilmaydi.Fidoyi olima, Iste’dodli tashkilotchi, qalbi daryo inson.