O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Sarimsoqov Bahodir

Filologiya fanlari doktori, professor

    1944  yil 1 aprelda Andijon viloyati Shahrixon  tumanida  tug‘ildi. O‘rta  maktabni  tamomlagach , 1963  yilda  Farg‘ona davlat pedagogika  institutining  tarix - filologiya  fakultetiga o‘qishga kirdi. Bir  yildan  so‘ng harbiy xizmatga  chaqirildi. Xizmatni  o‘tab qaytgan B. Sarimsoqov o‘qishni davom  ettirdi va 1970  yilda   imtiyozli  diplom  bilan tamomladi.
  Institutni  bitirgandan keyin B. Sarimsoqov ilmiy ish qilish niyatida  Toshkentga keldi va 1970 yil oktyabridan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining follor bo‘limiga  laborant  bo‘lib ishga kirdi. Uch ilga  yetmay “Ssaj va uning o‘zbek  folklorida  tutgan  o‘rni”  mavzusidagi  nomzodlik dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli himoya qildi(1973 yil 28 may). Yosh ilmiy xodim  tirishqoqligi , tinmay bilimga   intilishi bilan Xodi Zarif , Izzat Sulton , To‘ra Mirzayev, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov singari  fan darg‘alarining   mehrini  qozondi. U o‘zini faqat  folklorist deb bilmas, adabiyotshunoslikning  barcha sohalarini  chuqur  o‘rganishga  harakat qilardi.
  1978 yilda”O‘zbek adabiyotida” monografiyasini e’lon  qilgach , qisqa  fursatda “Adabiyotshunoslik  terminlarining  ruscha – o‘zbekcha izohli lug‘ati”ni tayyorlab, filologiya  fanlari nomzodi N.htamov  bilan hamorlikda  nashr  ettirdi(1979). Keyingi yillarda  bir necha  marta  qayta bosilgan bu lug‘at  qariyb o‘ttiz yil  mobaynida  oliy va o‘rta  maxsus o‘quv yurtlari   talabalari  maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari  uchun asosiy qo‘llanma  bo‘lib xizmat qildi. 1986 yilda esa “O‘zbek marosim folklori” nomli monografiyasi dunyoga keldi va shu yili filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi.
  B. Sarimsoqov adabiy jarayonni sinchkovlik bilan kuzatib boradigan, yuz berayotgan yangiliklarni tez ilg‘ab oladigan va darhol ularga munosabat bildiradigan olim edi. Bu fikrimizni uning adabiyotshunos E.Ochilov bilan olib borgan “Hozirgi o‘zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari” haqidagi ilmiy - adabiy muloqoti (“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 2005 yil 3 - son), “Absurd ma’nisizlikdir” sarlavhali o‘ta munozarali maqolasi (“UzAS”, 28.06.2002) ham isbotlaydi. Shu bilan birga, o‘zbek adabiyotshunoslari orasida birinchi bo‘lib “Adabiy turlar haqida mulohazalar”ini bildirgan olim ham aynan B.Sarimsoqovdir (“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1993 yil 5-6-sonlar). Unda fanning rivojlanishini ko‘zlab, yangi fikr va farazlar bildirishga ahd qilgan olim ilmiy jamoatchilikka to‘rtinchi - paremiya turini tavsiya qiladi.
  2004 yilda “Badiiylik asoslari va mezonlari” nomli risolasini yaratdi. Bu asar olimning nazariy bilimi nihoyatda keng va chuqur ekanligini yana bir bor isbotladi. Hayotining so‘nggi o‘n yilida institutning adabiyot nazariyasi bo‘limini mahorat bilan boshqardi. Bo‘limni qabul qilib olgan B. Sarimsoqov “Adabiyot nazariyasi” fanining 3 jildlik fundamental - akademik nashrini tayyorlashga kirishdi. Bu ulkan tadqiqotni amalga oshirishga viloyatlardagi yetuk va tajribali olimlarni ham jalb etdi. Afsuski, bu xayrli ish tashabbuskor olimning bevaqt vafot etishi tufayli nihoyasiga yetmay qoldi.
  O‘zi ta’lim olgan Farg‘ona davlat universiteta rektorati uni 2001 yilda ilmiy salohiyatni yanada oshirish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy ishga ko‘proq jalb etish, magistratura ochish niyatida o‘rindoshlik yo‘li bilan o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori lavozimiga taklif qildi. 2006 yilgacha talabalar va magistrlarga saboq berib, kafedra a’zolarining ilmiy ishiga rahbarlik qildi. Tez orada buning samarasi ko‘zga tashlandi. Uning ilmiy rahbarligida A.Axronqulov nomzodlik, A.Qosimov doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qildilar. Hozir kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan 4 nafar fan doktori, ikkita fan nomzodi bevosita undan yo‘l - yo‘riq va ilmiy maslahatlar olishganidan minnatdordirlar. Umrining 40 yilini ilmga, yaxshilikka, tinimsiz mehnat va izlanishga, oilasiga, do‘stlar xizmatiga bag‘ishlagan filologiya fanlari doktori, professor Bahodirjon Sarimsoqov 2007 yil 15 avgustda vafot etdi.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya80