O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shonazarov Rahimjon

Shonazarov RahimjonBiologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1934 yil  2 yanvarda  Farg‘ona viloyati  Dang‘ara  tumanida tug‘ilgan.  Biologiya  fanlari  nomzodi  (1967), dotsent (1969), 1998 yildan FDU da xizmat  ko‘rsatgan dotsent.
      1957 yilda Toshkent davlat universiteti  bioligiya  va tuproqshunoslik  fakultetini  tamomlab, 1957 - 1958 yillar davomida  O‘zbekiston Respublikasi  qishloq  xo‘jaligi  vazirligi  Yer qurilish   boshqarmasida geobotanik   lavozimida faoliyat olib  borgan.
      1959 yilda Farg‘ona davlat pedagogika  institutida  o‘z faoliyatini   boshlagan.  Botanika kafedrasi  assistenti, o‘qituvchisi  , katta o‘qituvchisi lavozimlarida, 1969 yildan  boshlab esa  kafedra dotsenti , 1986 - 1991 yillari  kafedra mudiri, shuningdek , 1992 - 2013  yillar yillar davomida  dotsent lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Uning ilmiy izlanishlari   Shohimardonskoy daryosi  suv xavzasining  o‘simliklar qoplamini  har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek,   Farg‘ona  viloyati  o‘simliklari, hayvonot   olami va boshqa  tabiatning  noyob yodgorliklarini o‘rganish , ularni muhofoza qilish    hamda maktab  o‘qituvchilari , oliy o‘quv  yurti talabalari  uchun darslik va qo‘llanmalar  yaratish borasida ham izlanishlar  olib borgan.
      Hozirgi kunda  150dan ortiq  ilmiy ishlar  muallifi. Bulardan 30 dan  ziyodi  turli hajmdagi  ilmiy , ilmiy - ommabop  qo‘llanmalardan  iborat.

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5