O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Shoumarova Muhayyo

Shoumarova Muhayyo    Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida xizmat ko‘rsatgan dotsent Muhayyo Shoumarovaning tarjimai holi hamma uchun namunadir. Muhayyoxon nomidan hayajon va ichki ehtiros bilan yozilgan bu tarjimai holni o‘qib siz ham bahra oling.
  “Men Toshkentning Yunusobod tumaniga qarashli Chosh - tepaning hozirgi “Navro‘z” mahallasida tug‘ilib o‘sganman. U joylar uzumzor bog‘lari, mevali daraxtlari, keng dalalari, qirlari bilan juda manzarali bo‘lib, o‘zini kishiga rom etardi. Men oiladagi sakkiz farzandning eng kattasi edim. Dadamlar shofyor bo‘lib ishlar, oyimlar esa, uy ishlari bilan band edilar. Esimni taniboq mashinani ko‘rganim uchunmi yoki maktabimizda mashina - traktor fani o‘qitilganidanmi, bilmadim, doimo texnika bilan qiziqqanman. Shu sababli fizika - matematika, chizmachilik fanlariga ko‘proq ixlos qo‘yganman. Yuqori sinflarda o‘qir ekanman, fizika fani bo‘yicha 9 — 10 - sinflar uchun o‘quv darsligiga kiritilgan hamma masalalarni o‘qituvchim Ahror aka Tojiyev bilan yechib, dissertatsiyalariga yordam berganman. Shu sababli u kishining avtoreferatlarida mening nomimga minnatdorchilik bildirilgan edi.
  1956 yili 27 - maktabni imtiyozli bitirganimdan keyin, takdir meni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutiga yetakladi. U yillari respublikamiz qishloq xo‘jaligini kompleks mexanizatsiyalash dasturi amalga osha boshlagan edi. Injener - mexanik bo‘laman deb orzu qilgan yigitlar safi benihoya ko‘p bo‘lib, bir o‘ringa 10 dan oshiq abiturientlar hujjat topshiradigan zamon edi. Shu tufayli bo‘lsa kerak, nihoyatda nozikkina qizcha bo‘lganligim uchunmi, institut qabul komissiyasining raisi, hurmatli domlamiz Nig‘mat Sharapovich Inoyatov: “Bir o‘g‘il bolaning o‘rnini egallamay qo‘ya qol, medalist ekansan, boshqa institutga bora qol” deb hujjat topshirmaslikka ko‘ndirmoqchi bo‘ldilar. Lekin mexanizatsiyaga bo‘lgan ishtiyoqim ustunlik qildi va hujjatlarimni qabul qilishlariga erishdim. Natijada ulug‘ matematik domlamiz Qori Niyoziy boshchiligidagi sinovga tushdim. Taqdir ekan, bir o‘g‘il bolaning o‘rnini egallab, qishloq ho‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga talaba bo‘ldim.
  1961 yilda institutni bitirganimdan so‘ng, meni o‘qituvchilik vazifasida ishga olib qolishdi. Oz fursat ishlaganimdan so‘ng, O‘zFA Mexanika instituti “Paxta terish mashinasi nazariyasi tadqiqoti” laboratoriyasiga ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tkazildim. Mexanika instituti men uchun katta ilmiy maktab bo‘ldi. 1971 yilda “Paxta terish mashinasi shpindelining dinamik tadqiqoti” mavzusida dissertatsiyamni himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga sazovor bo‘ldim va katta ilmiy xodim bo‘lib ishlashni davom ettirdim. 1973 yili meni TIQXMII Qishloq xo‘jaligi mashinalari kafedrasiga o‘qituvchilik qilish uchun chaqirishdi.
  Qariyb 31 yillik o‘qituvchilik faoliyatimda talabalar qalbiga Vatanga muxabbat, tanlagan kasbiga sadokat, ilm - fanga intilish , har qanday vaziyatda poklik va xalollikni saqlab qolish kabi tuyg‘ularni singdirib kelmoqdaman. Murabbiylik qiliishni yaxshi ko‘raman. Tabiatan men yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan, ularga o‘z bilimini erinmasdan o‘rgatadigan inson bo‘lganim sababli, qilayotgan ishimdan doimo roxatlanib, faxrlanib yuraman. Shu sababli bo‘lsa kerak, Olloxga shukr, shu yoshimda xam charchashni sezmasdan samarali mexnat qilmoqdaman. Bakalavriat va magistratura uchun darslik (2002), kollejlar uchun darslik (2003) nashr etishga muvaffaq bo‘ldim.
  Bulardan tashqari qator o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarim yaratilgan. 40 dan ortiq maqolalarim jurnal va ilmiy to‘plamlarda e’lon qilingan. Bir nechta ixtirolarga patent olingan bo‘lib, ular asosida tadqiqot ishlarim davom etmoqda. Yuqoridagi ishlardan tashqari AQSh granti asosida bajarilayotgan dasturda yetakchi ilmiy xodimman”.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5