Fizika kafedrasi dotsenti
1909 yilda tug‘ilgan. Sverdlovsk shahridagi Ural davlat universitetining fizika - matematika fakultetini 1934 yilda imtiyozli yakunlangandan so‘ng , yo‘llanma bilan Farg‘ona davlat universitetiga ishga yuboriladi. O‘zining 40 yildan oshiq ilmiy - pedagogik faoliyati mobaynida dastlab o‘qituvchi, so‘ngra umumiy fizika kafedrasi mudiri va dotsenti lavozimlarida ishladi. Ilmiy tadqiqotlar tashkilotchisi, yoshlar murabbiysi va yuqori malakali olim - pedagog sifatida tanildi. Ayniqsa, magnit maydonining dinamik tasiri – ponderamotor kuchlarni o‘rganish sohasida original ilmiy natijalarga erishdi. Jumladan, Amper kuchlari markaziy simetrik kuchlar bo‘lmaganligidan magnitik o‘zaro tasir uchun Nyutonning 1 - qonuni amalda buzilishi mumkinligini fanda birinchi bo‘lib nazariy va eksperimental jihattdan ko‘rsatib berdi. Uning ilmiy ishlari Nobel mukofoti laureati, akademik I. Ye. Tamm tomonidan etirof etilgan. Dotsentlar R.G. Sigalov, X. X. Karimov va T.I. Shapovalovalar tomonidan 1965 va 1975 yillarda “Noviye issledovaniya dvijuxshix sil magnitnogo polya”(Toshkent, “Fan”) nomli monografiyasining 1 va 2 - nashrlari elon qilindi. 1971 yili ilmiy pedagogik ishlari uchun dotsent unvoni berilgan.
R. G. Sigalov 2000 yilda Farg‘ona shahrida vafot etgan.