O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Toshmuhamedova Latofat Ismatovna universitetdagi 22 yillik ish faoliyati davomida o‘zining serg‘ayratligi, xushmuomalaligi, mehnatsevarligi, o‘ziga berilgan vazifalarni mas’uliyat bilan ado etishi, o‘z bilim darajasini o‘stirish ustida doimiy ishlashi bilan hamkasblari o‘rtasida ajralib turadi.
2009 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasida “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” va “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan milliy tarbiya texnologiyalari” kurslaridan trener - o‘qituvchi lavozimida soatbay ishlab kelmoqda.
Dotsent Latofat Toshmuhamedova hozirda Jurnalistika fakulteti bakalavr va magistrlariga “Adabiyot nazariyasi”, “Ommaviy axborot tili va uslubi”, “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiyot ayrim turlari tahriri”, “Sarlavha uslubiyati”, “Sohaviy adabiyotlar tahriri”, “Yozuvchi ijod laboratoriyasi” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Har yili bakalavrlarning bitiruv ishlariga va magistrlarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari, u tajriba almashish, o‘z ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida respublika ilmiy konferentsiyalarida, seminarlarida ilmiy ma’ruzalari bilan faol qatnashib keladi. Shu kunga qadar olimaning 46 ta ilmiy maqola va tezislari e’lon qilingan, hammualliflikda 2 ta o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. 3 yildan buyon professor X. I. Akbarov rahbarligidagi “Audiovizual san’atlar barhayot meros va XX - XI asrlar o‘zbek madaniyati tarkibida: estetik mustaqillikka erishish, milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda globalizatsiya ta’siriga qarshi madaniy immunitetni kuchaytirish jarayoni” nomli byudjet ishida ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
Toshmuxamedova Latofat Ismatovna har bir darsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, talabalarga qiziqarli va mazmunli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga harakat qiladi. Jurnalistika fakultetida oxirgi 5 yil davomida talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, mahoratli va namunali o‘qituvchi sifatida eng katta reytingga ega bo‘lib kelmoqda.
2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida “Inno - vatsion texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari va masofali o‘qitish”, “Yuksak ma’naviyatli barkamol shaxs mezonlari” hamda “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi” maxsus kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan.
LatofatToshmuhamedova 2013 yildaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida Malayziyaning Diplomatiya va tashqi aloqalar instituti professori Moxd Ridzuan Moxd Sharif hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universiteti professori Ma Jin Hua ishtirokidagi “Case - study” uslubi: nazariya, metodologiya va texnologiya” kursida tajriba oshirib, sertifikatga ega bo‘lgan.
2014 yil esa O‘zMU huzuridagi mintaqaviy markazida “Jurnalistika va axborot” kursi bo‘yicha tajribasini oshirgani hamda shu yili “Amaliy chet tili”, “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari” maxsus kurslarini muvaffaqiyatli tugatgani uchun sertifikat topshirilgan.
Olima orttirgan tajribalarini ma’ruzalar o‘qishda va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng qo‘llamoqda. Jamoatchilik asosida 2013 - 2014 o‘quv yillarida fakultet professor - o‘qituvchilariga “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” kursi bo‘yicha seminar - treninglar o‘tkazdi.
Latofat Toshmuhamedova universitet va fakultet jamoasi o‘rtasida o‘zining qat’iyatliligi, halolligi va talabchanligi bilan hurmatga sazovor. O‘ olima va tajribali o‘qituvchi sifatida yosh avlodni vatanimiz kelajagi uchun xizmat qilish ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Latofatxon oilali, uch nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazmoqda.