O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Tursunova Umida

Tursunova Umida    Payariqlik o‘qituvchi Shakar Tursunov nafaqat o‘z kasbining ustasi, balki insoniy mexri, adolatparvarligiyu saxovatpeshaligi tufayli Samarqand viloyatidagi eng old kishilardan hisoblanardi. Nafaqaga chiqqach, tuman markazidagi aksariyat to‘yu ma’rakalarga bosh - qosh bo‘ldi, ko‘ngli cho‘kkanlarga dalda berishga, adashganlarga yo‘l ko‘rsatishga urindi. Raxmatlining (joyi jannatdan bo‘lsin) shu xislatlari bolalariga o‘tgani bois bo‘lsa kerak to‘rt farzaidi (Musallam, Umida, Saodat, Farhod) o‘qituvchilikni tanlashib, viloyatning obro‘li muallimlari safidan joy olishdi. Ammo Umida... “boshqacharoq” chiqdi - Dastlab shaxmatga qiziqdi. Tuman, viloyat, respublika turnirlarida qatnashib, ko‘p bor sovrindor bo‘ldi va xatto qishloq qizlari o‘rtasida chempionlikni xam qo‘lga kiritdi. Lekin... kunlarning birida shaxmatni yig‘ishtirib qo‘yib, sheru xikoyalar yoza boshladi (ayrim mashqlari matbuotda chop etildi). Qancha urinishmasin, baribir shaxmatga qaytmadi.
  1966 yilda, o‘n besh yarim yoshida maktabni oltin medal bilan bitirgan Umida Tursunova Moskva Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Ushbu shaxarda yashab o‘qigan besh  yil davomida adabiyot, rus tili, pedagogika sirlarini mukammal o‘rganadi. Poyariqqa qaytib, Chelakdagi 25 - maktabda o‘qituvchilik qila boshladi - Turmushga chiqqach bir necha muddat Samarqanda ishladi. 1975 yilda oilasi bilan Jizzaxga ko‘chgach, qariyb besh yil davomida viloyat Pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi. So‘ng yana Moskvaga, bu gal Fanlar Akademiyasining Rus tili ilmiy - tadqiqot institutining aspiranturasiga o‘qishga ketdi. Uch yil davomida taniqli tilshunos olimlar I. Dobrodomov, I. Barannikov, V. Ziminlardan saboq olib, 1985 yilda rus tili metodikasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, pedagogika fanlari nomzodi bo‘ldi. Moskvadan qaytgach oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelishadi va Markaziy Osiyodagi yakkayu yagona hisoblanmish Toshkent Davlat farmatsevtika institutiga ishga kiradi. Bora - bora dotsentlik unvoni berildi, “Tillar” kafedrasi mudirligiga saylanib, o‘n besh  yil davomida shu lavozimda faoliyat ko‘rsatdi. Pedagogika va lug‘atshunoslik yuzasidan o‘nlab maqolayu risolalar bitdi. Rus va o‘zbek tillari bo‘yicha lug‘atlar yaratish ishni yanada takomillashtirish niyatida ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetida ham o‘qidi. Farmatsevtika institutining jamoat ishlarida faol qatnashdi, talabalar bilan taniqli ijodkorlar o‘rtasida uchrashuvlar uyushtirdi.
  Umida Tursunova allaqachonoq doktorlik dissertatsiyasini yozib bo‘lgan, garchand qator olimlar, jumladan moskvalik lug‘atshunoslar ham ushbu ilmiy ishga yaxshi baxo berishgan bo`sa - da, u yoqlash muddatini hamon keyinga surib, yozganlarini yanada pishitish bilan band.
  Olimaning uch o‘g‘li bor. To‘ng‘ichi Odiljon bilan o‘rtanchasi Sherzod iqtisodchi, kenjatoyi Shohruh maktab o‘quvchisi, orzusi huquqshunos bo‘lish. “Shaxmatchiligimni esa... balki nevaram Isfandiyor davom ettirar va balki, Xudo xohlasa, unga jahon chempioni unvoni nasib qilar”, - deydi Umida Tursunova.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5