O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Usmonova Huriniso

     Usmonova  Huriniso 1959- yil 18- yanvarda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘ida tavallud topgan. 1981- yilda Namangan pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, 1985- yilda uni imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1994- yili «Deskriptsiya (murakkab nom) va uning gap tuzilishidagi o‘rni» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. «O‘zbek tilidagi gap bo‘laklarining pozitsion tadqiqi» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tilshunoslik institutiga muhokama uchun topshirdi. Ayni kunlarda ustozni chin dildan qutlash mumkin, doktorlikni munosib himoya qildi. Filologiya fanlari doktori H.Usmonovaning ellikdan ziyod ilmiy maqolalari chop etilgan. U bir necha bor Namangan viloyati hokimligi va Namangan Davlat universitetining faxriy yorliqlari bilan takdirlangan. 1999- yildan buyon Namangan Davlat universitetida «O‘zbek tilshunosligi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy aytgan ekanlar: «Osmonu falakning ziynati yulduzlar bilan bo‘lsa, yeru zaminning ko‘rkamligi olimlar bilandir». Chindan ham o‘qimishli, ilm yo‘lini tanlaganlar bilan o‘tadigan davra suhbatlari mazmunli, qiziqarli bo‘ladi. Hurinisoning talabalari buni juda yaxshi bilishadi. Qulay payt keldi deguncha, uning atrofiga yig‘ilib, ustozlarini savol- javobga tutadilar. Yoshlarni yo‘lga solish, ilmu irfon ummoniga olib kirish oson emas. Buning uchun ham shirin zabon, puxta bilim, qat’iylik kerak. Ushbu sifatlarni o‘zida jam bilgan Huriniso Usmonova hamkasblari orasida alohida e’zozda. Ayol boshqaruv ishlarida faoliyat yuritsa, ayniqsa rahbar bo‘lsa, uning shaxsiy hayoti qolmaydi hisob. Chunki uning deyarli har bir kuni, soati ish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunda ham oila deya nomlangan go‘zal oshiyonni obod qilayotgan rahbar ayollarga tasannolar aytging keladi. Hurinisoning turmush o‘rtog‘i Z.Bahriddinov viloyat IIB xodimi. Ularning uch nafar farzandlari bor. Oilaning saodat kaliti — bu mehr, muhabbat, totuvlikdir. Shunday saodat topganlar el-yurt koriga yaraydilar, odamlarning duosini oladilar. Fan doktori Huriniso Usmonova deyarli har kuni mana shunday duo olayotgan, minglab shogirdlarga sharaf bilan ustozlik qilayotgan ilmli ayol. Ilohim xonadonidan baxt omad aslo nari ketmasin.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar50



Filologiya10