O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xodjimatova Maxsuma Qo‘chqorovna

    O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti “Sahna nutqi” kafedrasi mudiri, dotsent Xodjimatova Maxsuma Qo‘chqorovna pedagogik faoliyatini, ilmiy ishlari, sohasiga doir qator kitob, risolalar, tashkiliy va ijodiy ishlari bilan uyg‘unlashtira olgan yetuk olima, tajribali mutaxassis.
  Maxsuma Xodjimatova 1988 yili Toshkent Davlat teatr va rassomlik san’ati (hozirgi O‘zDSMI) institutining “Drama teatri va kino aktyorligi” bo‘limini tugatib, shu yildan Respublika Satira teatrida o‘z ijodiy faoliyatini boshladi. 1997 yildan O‘zbekiston Davlat san’at institutining “Sahna nutqi va notiqlik san’ati” kafedrasiga o‘qituvchilikka tashrif qilindi. 2011 yildan shu vaqtgacha kafedra mudiri lavozimda ishlab kelmoqda. O‘quv ishlari, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, ma’naviy - ma’rifiy va jamoatchilik hamda tashkiliy ishlarda ham faol. Dotsent Maxsuma Xodjimatovaning Respublika matbuotida san’at talimi, teatr, kino, televidenie va so‘z san’ati ijrochiligiga oid hamda Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy - amaliy konferentsiya va seminar - treninglarda, shuningdek, xalqaro miqyosda o‘tqazilgan nufuzli ilmiy anjumanlarda ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. Jumladan, Rossiyaning Chelyabinsk, Moskva shahrida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyasiga o‘zining “Put k modernizatsi obrazovaniya v oblasti iskusstva i kulturm”, “Iskusstvo dublyaja v Uzbekistane”, “Ustnoe narodnoe tvorchestvo v xudojestvennom obrazovanii” deb nomlangan ilmiy ma’ruzalarini taqdim qilib, sertifikatini olishga muyassar bo‘ldi.
  So‘z san’ati va uning g‘oyaviy, ma’naviy, tarbiyaviy ahamiyati va vazifalarini targ‘ib qiluvchi 70 dan ziyod ilmiy maqolalari respublika matbuotida va ilmiy-amaliy konferentsiya to‘plamlarida e’lon qilingan. “O‘zbekistonda dublyaj san’ati: shakllanish va rivojlanish jarayonlari” nomli doktorlik dissertatsiya ishi yuzasidap tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
  2007 yilda “Sahna nutqi” (Nutq texnikasi) o‘quv ko‘llanmasi, 2008 yilda o‘kuv qo‘llanma asosida “Nutq texnikasi va ijrochilik mahorati” deb nomlangan multemidiyaning muallifidir.
  Olima 2011 yilning “Sahna nutqi” o‘quv qo‘llanmasining to‘ldirilgan  nashrini, hamda shu yili “Sahna nutqi xrestomatiyasi”ni “Yangi asr avlodi” nashriyotida bosmadan chiqardi.
  Maxsuma Xodjimatova o‘zbek sahna nutqi fanining nazariy va amaliy dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 3 ta o‘quv qo‘llanmasi, 1 ta multimediya muallifidir. 2012 yil Oliy va ypta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Iste’dod” jamg‘armasining “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovining birinchi darajali diplomi bilan taqdirlandi.
  Keyingi yillarda Maxsuma Xodjimatova O‘zbekisgon teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” kanali orqali namoyish etilgan A. Qahhorning “Bemor” hikoyasi asosida “Ming bir jon” nomli 2 - kismli televizion filmda va O‘zbekkino milliy agengligi “Vatan” kinostudiyasi tomonidan davlat buyurtmasi asosida suratga olingan “Aldangan ayol”, “Muqaddas burch”, “Qora quzg‘un” filmlarida yaratgan obrazlari matbuotda e’tirof etilgan hamda ularni ovozlashtirish jarayonlarida ham qatnashib, o‘zining aktyorlik mahoratini to‘la namoyon qila oldi. Shy kabi ijodiy izlanishlar samarasi milliy san’atimiz rivoji yo‘lida ijod qilib kelayottan shogirdlari farzandlari faoliyatida ham aks etib kelmoqda. U - oilali, uch nafar farzandi, bitta nabirasi bor.
  Maxsuma Xodjimatovaning San’at ta’limida olib borayotgan pedagogik faoliyati “Sahna nutqi” kafedrasining mudiri sifatida tashkiliy ishlardagi jonbozligi va yetakchiligi o‘zining ibratli, samarali ko‘rsatkichlari bilan yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, “Zulfiya” nomli ko‘rik - tanlovining shahar komissiyasi a’zosi. Talabalar, institut professor - o‘qituvchilari jamoasining chuqur hurmat va ishonchiga sazovor bo‘lgan olima.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5