O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xoliyorov Xolmirza

Xoliyorov XolmirzaFilologiya fanlari doktori, professor

    Qahramonimiz-ilm ahli o‘rtasida, tilshunoslik olamida o‘ziga xos o‘ringa, obro‘ - e’tiborga ega bo‘lgan marhum professor Xolmirza Xoliyorov xaqida SamDU, filologiya fanlari doktori, professor Suyun Karimovning xotiralarini berishni lozim topdik...
    Ustoz Xolmirza Xoliyorovni ko‘p yillardan beri taniyman. 2000 yili Termiz davlat universitetida tilshunoslik masalalariga bag‘ishlangan konferentsiyada ishtirok etishga to‘g‘ri keldi. SamDU olimlari Abdurahmon Nurmuhamedov, Zarif Aliqulov va boshqalar bilan birga ishtirok etganmiz. Avvallari ko‘p yaxshi gaplarni eshitganim bu mashhur inson bilan o‘shanda birinchi marta yuzma - yuz kelgan va u tabarruk zot bilan qo‘l berib ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘lgan edim. Barcha samarqandliklarni konferentsiyadan keyin uyiga mshmonga aytdi. Uyidagi mehmondorchilik jarayonida men haqimdagi ma’lumotlarni so‘rab - surishtirib oldi, dssam bo‘ladi. U kishida koldirgan katta taassurot Rahmatulla Qo‘ng‘urovning shogirdi ekanligim bo‘lganligini angladim. Xolmirza aka suhbat davomida ustozim Rahmatulla Qo‘ng‘urov haqida uzoq gapirdi. Oltin talabalik davri o‘tgan Samqand Davlat universiteti, yetuklikligi va shakllanishida kat¬ta rol o‘ynagan qadrdan Filologiya fakulteti professor - o‘qituvchilari, tengdoshlari va kursdoshlari haqida yorqin xotiralar uyg‘ongan bo‘lsa, ehtimol. Barcha Samarqand tilshunoslarining ustozi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan  fan arbobi, professor Ulug‘ Tursunov, professorlar Hamdam Berdiyorov, Xudoyberdi Doniyorov, Abdujabbor Muxtorov, Vahob Egamov, dotsentlar Toyir Xo‘jaev, Muhammadrizo Husainov, Muxtor Valiev, Mohira Mo‘minovalar - ularni ham Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin - bir-bir esga olindi. Ular  haqida yaxshi xotiralar gapirildi. Bo‘lib o‘tgan bu qisqa suhbat jarayonida  domlani o‘zimcha kashf etgan bo‘ldim. Xotirasining kuchliligi, xotirjamligi, sermulohazaliligi, har bir gapni joy - joyiga qo‘yib gapirishi, odamlar hakida faqat yaxshi fikr bildirishi menda katta bir havas va u kishiga nisbatan mehr paydo kilgai edi. Meni o‘ziga yaqin olishini, o‘z shogirdi va farzandi qatorida ko‘rishini juda - juda istar edim. Men bu baxtga muyassar bo‘la oldimmi - yo‘qmi, buni bilmadim - u, ammo bizlar Termizdan kettanimizdan keyin shogirdlariga bir gapni aytibdi, “Agar Suyun yana Surxondaryoga keladigan bo‘lsa, avval biznikiga olib kelinglar, keyin boshka ishlaringni qilaversanglar ham mayli”. Harqalay, Xolmirza akaning bu iltifoti men uchun juda katta mukofot edi. Shundan keyin Termizga ikki marta borgan bo‘lsam, shy topshiriqni bajardim. Avval u kishini ziyorat qilib, keyin boshka ishlarimizni qildik. Bir borganimizda ustoz Hamid G‘ulomovich Ne’matov bilan birga bordik. Hamid G‘ulomovpch u kishining   hali   men   bilib   ulgurmagan   fazilatlari   haqida   batafsil gapirib berdilar. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘lgan paytida yangi Davlat ta’lim standartlarini joriy etish va shu bo‘yicha o‘rta ta’lim tizimini yangi o‘kuv adabiyotlari bilan ta’minlash borsida amalga oshirgan ishlari tahsinga loyiq bo‘lganligini aytib berdi. Keyingi yillarda turli sabablar, ayniqsa, domlalarimizning yubileylari, xotira kunlari bilan Xolmirza domlaning o‘zlari ham Samarqandga bir necha marta keldi. Mana shu tarzda, bu ulug‘ inson bilan ustoz - shogirdlik rishtalari mustahkam bog‘landi. Afsuski, bu olijanob va maroqli uchrashuvlar uzoqqa cho‘zilmadi. Shafqatsiz o‘lim ustozni bizdan tortib oldi. U kishining biz, yakinlarn donishmand maslahatgo‘yimizdan, ertayu kech duoda bo‘lgan mehribonimizdan ajralib qoldik. Dafn marosimiga yetib bora olmadim. Ammo keyin borib, qabrlarini ziyorat qildim. Otam, onam, ustozim vafotidan keyin ko‘ngillarga uzoqda turib bo‘lsa ham taskin bera oladigan insonning birdaniga yo‘q bo‘lib qolishi kanchalik og‘ir bo‘lganligini mening o‘zim bilaman. Har kuni barcha o‘tgan ustozlarim qatori Xolmir¬za akaning pok ruxdariga duo kilaman. Ma’naviy ustozim sifatida hech kachoi yodimdan kutarilmandi. Bu yodga olish esa meni ezgulikka da’vat qiladi, ulug‘vorlikka undaydi. Zero, Xolmirza domladek ulug insonlarning bizga qoldirib ketgan buyuk merosi xam ana shu...
    Xa, “Insoniy nomingdan bir isbot qolsa, Seni mangulikka eltar bu dunyo” deb donishmandlarimiz bejizga aytishmagan!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80