O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xurramova Saodat

    Xalqimizda : “Tole  unga  jixatdan  bergan“  degan  ibora bor. Bu  ibora, asosan, ko‘p qirrali  istedod  sohibalariga  nisbatan  aytiladi. 
    Pedagogika fanlari nomzodi, Samarqand davlat universiteta qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti Saodat Xurramova o‘zining iqtidor, iste’dodini hayoti davomida ta’lim - tarbiyaga bag‘ishlab kelayotgan ziyoli insonlardan biridir.
    U 1954 yil Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tavallud topdi. Ziyrak, qiziquvchan Saodatning bolalik, o‘smirlik yillari Toshkentda o‘tdi. Maktabda uni faqat a’lochi qiz sifatida emas, jaranglatib she’r aytib, qo‘shiq kuylaydigan, kapalakdek uchib - qo‘nib raqs tushadigan jajji raqqosa sifatida yaxshi tanishadi.
    O‘rta maktabni bitirgan jamoatchi, hayotsevar bu qiz 1971 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirdi.
    Talabalik davri Saodat uchun chindan ham, hayot kitobiga zarhal harflar bilan yozishga arziydigan oltin davr bo‘ldi. Jamoat ishlarida faol qatnashar, ayni paytda ilmiy izlanishlarni ham boshlab yuborgan edi. 1976 yilda universitetni muvaffaqiyatli tugatdi. “Bilim” jamiyatida mas’ul kotib sifatida ish boshladi.
    1977 - 1980 yillarda Jismoniy tarbiya institutida falsafa va iqtisod fakultetida assistent vazifasida ish olib bordi.
    1980 yildan Saodat Xurramovaning ilmiy va pedagogik faoliyati Samarqand davlat universiteti bilan bog‘liq.
    U 1980 yildan Samarqand davlat universitetining falsafa kafedrasiga ishga o‘tib, 1985 yilgacha shu nufuzli dargoxda faoliyat olib bordi.
    1985 - 1987 yillarda sobiq ToshDUning psixologiya kafedrasi kunduzgi aspiranturasida o‘qidi.
    1991 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli qimoya qildi. O‘sha paytlardan e’tiboran Saodat Xurramova xalqaro va respublikamizda bo‘lib o‘tgan ilmiy konferentsiyalar, simpoziumlarda dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan ishtirok eta boshladi.
    Ayniqsa, uning etika, estetika masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari falsafa olamida e’tibor qozondi.
    Saodat Xurramova nazariy tadqiqotlarni amaliyot bilan birga qo‘shib olib bordi. O‘zlashtirishi birmuncha murakkabroq bo‘lgan ijtimoiy fanlarga talabalarni qiziqtirish uchun tashabbuskor muallima zamonaviy pedagogik uslublar, jumladan, interfaol usullardan keng foydalandi. Natijada uning o‘nlab talabalari institut, universitetda o‘tkazilayotgan anjumanlarda qiziqarli ma’ruzalar bilan qatnasha boshladilar.
    Saodat Habibovna 2004 yildan buyon pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida fao¬liyat olib boradi.
    Istiqlol davrida ta’lim sohasida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa, o‘qitish jarayoniga texnikaviy vositalarning shiddat bilan kirib kelishi, jahon darvozalarining yurtimizga kengroq ochilishi o‘qituvchi pedagoglardan yana ham faolroq, tashabbuskorroq bo‘lishni talab etadi.
    Qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida hamisha hayot qaynaydi. O‘qituvchilarning murakkab, sonsiz savollariga qator darslarda javob topiladi.
    Tajribali, o‘z ishining ustasi sifatida e’tirof etilgan Saodat Xurramovaning javoblari hamisha qoniqarli, hamisha qiziqarlidir.
    U 2000 yilda “Ta’limdagi hamkorlik” deya nomlangan xalqaro dasturda ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi va AKShning Vashington shahri va Kaliforniya shtatining kator o‘quv dargohlarida stajirovka o‘tadi.
    “Mahalla qo‘mitalari bazasida katta yoshlilar uchun ta’lim” deya nomlangan loyihasi Germaniya xalq universiteta assotsiatsiyasi Xalqaro hamkorlik instituta homiyligida amaliyotga tatbiq etildi.
    2004 yilda Saodat Habibovnaning nomzodi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga qo‘yildi. Bu uning shaxsiy va ijtimoiy faoliyatining e’tirof etilishidir.
    Uning hayotsevarligi, jo‘shqinligi, mehnatsevarligi tinch, osoyishta oilaviy hayoti jamiyatda o‘rnini topgan farzandlari taqdirida hamisha aks etib turadi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5