O‘tmishini e’zozlagan elning kelajagi xam porloq bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan. Biz o‘tmishimizni xalk dostonlarida, o‘lanu yor-yorlarida ko‘ramiz. Xalqimizning o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari mavjud, uning dunyoga dong‘i ketgan allomalari, ilmu urfonda tojdor bo‘lgan shaxslari bor. Ana shu o‘tmishni avaylab asrash, uni avlodlarga taqdim etishdek savobli ishga qo‘l urgan olimalarimiz qatorida Saodat Yo‘ldosheva ham bor.
Yo‘ldosheva Saodat Nazirovna 1947 yilning 26 aprelida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. Bolaligidan adabiyotga ixlosmand bo‘lgan qiz kelajakda qanday kasb egallasam ekan, deya uzoq o‘ylab o‘tirmagan. Uning yo‘li adabiyot va san’at bilan bog‘liqligini xamma bilardi. Ustozlari xam uning kelajagiga umid bilan boqishardi. Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum, deganlaridek turli tadbirlarning tashkilotchisi bo‘lgan Saodat maktabdoshlari davrasida she’r o‘qiganida xamma sel bo‘lib ketardi. Xullas, qahramonimiz xayot yo‘lini izlab Toshkent Davlat universitetiga (xozirgi Milliy universitet) 1965 yilda o‘qishga keladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, talabalik baxtiga erishadi. Tajribali ustozlar qo‘lida o‘qiydi, o‘rganadi. 1970 yilda ushbu o‘quv maskanini tamomlab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining A.Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. 1974 yilda esa A.Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga qabul qilinadi. O‘z-o‘ziga talabchan S.Yo‘ldosheva tez orada xamkasblarining hurmatini qozonadi. 1988 yil institut ilmiy kengashi uni katta o‘qituvchi lavozimiga saylaydi. O‘qish, ish, talabalarning qizg‘in xayoti uni tamom qamrab olgan edi. Uning orzulari ushala boshladi. 1979—1983 yillar mobaynida ilmiy ish bilan shug‘ullanib «Alpomish dostoni poetikasi» mavzusida 1984 yil fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning qator maqolalari, xususan «Epos - xalq o‘tmishi», «Alpomish dostonida xotin-qizlar obrazinnng tasviri» kabi ilmiy maqolalari, uslubiy tavsiyanomalarn o‘z o‘quvchilarini topdi. Saodat Yo‘ldoshevani qo‘pchilik folklor-etnografik jamoalar tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida xam yaxshi taniydi. «Moxi sitora», «Chodir jamol», «Munojot», «Gavhar», «Orazibon», «Gulyor» va boshqa jamoalar ishini to‘g‘ri tashkil etish, re- pertuarlaridagi folklor namunalarini sinchiklab o‘rganish borasida ahamiyatli ishlar qildi. Olima qator yillardan beri O‘zbekiston televideniesida xalq ijodiyoti dasturlarini tayyorlash, efirga uzatilganda yetakchi folklorshunos olimlar, mohir rejissyorlar bilan hamkorlikda ish tutib, ko‘pgina folklor-etnografik jamoalar mahoratini yurtimiz va undan tashqarida targ‘ib etishga hissa qo‘shdi.