Falsafa fanlari doktori, professor
1946 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1970 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini rus filologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tamomladi. 1977 yilda nomzodlik, 1995 yilda “Jamiyatning demokratlashuvi va ma’naviy qadriyatlar rivojlanida milliy va umuminsoniy jihatlarning bir - biriga ta’siri” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Falsafa fanlari doktori, professor.
A. Yunusov mehnat faoliyatini 1970 yilda Fag‘ona davlat pedagogika instituti falsafa kafedrasida o‘qituvchilikdan boshladi. 1973 yildan O‘z FA Falsafa Prezidiumi apparatida falsafa, iqtisod va yuridik fanlar bo‘limi ilmiy kotibi, bosh ilmiy kotib muovini lavozimida ishladi. 1981 - 1986 yillarda Falsafa va huquq instituta katta ilmiy xodimi, 1986 - 1988 yillarda O‘zbekistan Respublikasi “Fan” nashriyoti direktori, 1988 - 1989 yillarda Falsafa va huquq instituta yetakchi ilmiy xodimi, 1993 - 1995 yillarda siyosatshunoslik va milliy munosabatlar bo‘limi mudiri, 1995 yildan esa O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti millatlararo va mintaqalararo masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatida konsultant, 1998 yildan Uzbekistan Respublikasi Prezidenta qoshidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituta direktori, Falsafa va huquq instituti yetakchi ilmiy xodimi, O‘zR FA ilmiy - o‘quv markazi kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. Hozirgi paytda Rossiya Fanlar akademiyasi konfliktologiya Markazi yetakchi ilmiy xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi.
A.Yunusov millat, milliy munosabatlar, ma’naviy qadriyatlar, demokratiya va mustaqillik, milliy g‘urur kabi muhim muammolar borasida tadqiqotlar olib boradi. U milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bag‘ishlangan yirik monografiyalar, risola hamda jamoaviy ilmiy to‘plamlarning muallifi.