O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yusupova Asiya Alimovna

Yusupova Asiya Alimovna    Shaharliklar orasida, Yunusobodda yangi bolalar shifoxonasi  qurilarmish, degan  gap  qulog‘iga chalingach O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti  talabasi  Asiyaxonni  quvonchdan yuragi  dukillab urdi,  uyga  keliboq onasidan  suyunchi oldi.
  - Onajon, sizga ham, menga ham maza bo‘ldi. Uyimizga yaqin joyda qurilayotgan bino bolalar shifoxonasi ekan. Diplomni olgunimcha bino ishga tushadi. Men esa shu yerda ish boshlayman. Ha, aytmoqchi, yozgi amaliyotni ana shu yerda o‘tkazar ekanmiz. Bo‘lajak shifoxonani barpo bo‘lishiga ham hissam qo‘shiladigan bo‘ldi.
  - Ilohim niyatingga yet, shu yerlarda unib - o‘sgin, - duo qildi onasi o‘sha damlarda.
  Kursdoshlari bilan birga bino ichiga jihozlar o‘rnatish, tozalash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida qatnashgan Asiyaning ko‘nglida yangi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga muhabbat uyg‘ondi. Har kuni o‘qishga ketayotganda ataylab shu ko‘chadan yurar, shifoxona shifokorlariga havas bilan qarab o‘tardi.
  Yaxshi niyat - yaxshi yo‘ldosh deganlari rost ekan. 1982 yilda institutni tugatgan Asiya Yusupova o‘zi orzu qilgan 5 - son bolalar shifoxonasida internatura o‘tashga kirishdi. Oradan bir yil o‘tib, jamoa ishonchini qozongan Asiya Alimovnani vrach - pediatrlikka ishga olishdi.
  Ana shu yerda yosh shifokorlar tanlagan kasbining sharafli bo‘lishi bilan birga nihoyatda mas’uliyatli ham ekanligini yurakdan his qildi. Katta odam kasal bo‘lsa, qayeri og‘riyotganini, og‘riq holatini aytib, shifokorga yordam beradi. Ammo og‘riqdan qiynalib, tinimsiz yig‘layotgan chaqaloq dardini shifokorning o‘zi tez va to‘g‘ri aniqlashi, samarali muolaja tayinlashi shart. Va albatta har daqiqada muolaja ta’sirida tanadagi o‘zgarishni sezib olishi kerak.
  Xuddi shu damda shifokorning qanchalik bilimli ekanligi namoyon bo‘ladi. Asiya o‘ziga puxta bilim bergan talabchan ustozlarini minnatdor bo‘lib eslaydi. Tajribasi kamligini sezsa, shifoxonadagi ustozi oliy toifali vrach Matluba Muslimovnaga murojaat qiladi. Uning yo‘l - yo‘riqlarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Uyga qaytgach, bugun qabul qilgan bemorga qo‘yilgan tashxisni yanada chuqurroq o‘rganish uchun darslik va qo‘llanmalarni qayta - qayta o‘qiydi.
  - Yaxshi shifokor bo‘lish uchun, faqat bilimning o‘zi kifoya qilmaydi, - derdi qaynotasi, oliy toifali shifokor, bolajon va mehribon inson Adham Nurmanov, - odamlarga chiroyli muomala qilish kerak. Har xil toifadagi bemorlar bor. Ko‘nglini topsang, oddiy suv bilan ham davolash mumkin.
  Asiya o‘z ish faoliyatida ana shu o‘g‘itga qat’iy amal qildi. Bemor bilan, uning onasi bilan tillasha oladi. Ko‘zlari javdirab, iltijoli boqib turgan yosh onalarga avvalo ishonch va qat’iyatli so‘zlari bilan dalda bo‘ldi. Sog‘aygan farzandini quvonib, bag‘riga bosib chiqib ketayotgan onalarga bolasini qanday chiniqtirish, qanday ovqatlantirish, hatto shaxsiy gigiyena talablarini o‘rgatishni o‘z shifokorlik burchi deb biladi u. - Hech qachon go‘dak bolani o‘zingiz bilganingizcha davolashga urinmang, bu uning dardini og‘irlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda shifokorga murojaat qiling. Hech bir onaning farzandi sog‘lig‘iga beparvo bo‘lishiga haqqi yo‘q. Men bunday onani jinoyatchi deb bilaman. Zero, kasallikni davolashdan oldini olish osonroq, - deydi u.
  Asiya Alimovna 1997 yildan buyon o‘zi mehnat qilayotgan Toshkent shahar 1 - son bolalar klinik shifoxonasi kabulxona bo‘limi mudiri. Yuzlab bolalar dardiga davo topib, onalar, otalar quvonchiga sababchi bo‘lgan bolajon shi¬fokorning oilasi ham havas qilsa arzigulik.
  U behalovat, vaqt bilan hisoblashmaydigan kasbi injiqliklarini to‘g‘ri tushungan, tun demay, dam olish kuni demay bemorlar xizmatiga oshiqqan damlarida uni tushunib qo‘llovchi turmush o‘rtog‘i - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi, iste’dodli rassom Erkin akadan juda - juda minnatdor.
  - Farzandlarimiz Nodira, Kamoliddin, Naimaxonlarni bilimli, odobli, ma’naviyatli yoshlar bo‘lib kamolga yetishida ham u kishining xizmati beqiyos. Endi nabiralarni xam birgalikda katta qilyapmiz. Meni tushungani, har bir ishda qo‘llab-quvvatlaganlari uchun jamoada ham, karindosh - urug‘lar orasida ham hurmat - e’tibor qozondim. Ering suydi, eling suydi, deganlari shu bo‘lsa kerak. Men shunday kamtar, mexribon turmush o‘rtogim, el koriga yaraydigan farzandlarim ishdan kelganida o‘zlarini bagrimga tashlab, shirin tillari bilan chuldirab charchog‘imni chiqaradigan nabiralarim va sevimli kasbim borligi bi¬lan faxrlanaman.
  Orzuim - nabiralarimni, barcha o‘zbekistonlik bolalarni sog‘lom va baxtiyor ko‘rish. Bundan buyon ham kelajagimiz egalari - bolajonlarning bedard, sog‘lom bo‘lishlari uchun bor imkon va mahoratimni sarflayveraman, - deydi Asiya Alimovna.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5