O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ziyamuhamedova Farida

    Bir tuproqda unga  niholning  yana  boshqa  bir tuproqda  o‘sib, gullab yashnab ketishi  hazilakam gap  emas. Buning uchun  har qanday  insonda  istak, hohish  bilan  birga  fidoyilik, jonkuyarlik , sabr bardosh bo‘lishi kerak.
    Toshkentlik muhandis Farida Ziyamuhamedova o‘zida ana shunday fazilatlarni mujassam etgan ayol.
    U 1940 yil 5 iyulda Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud toptan. Otasi Fayzulla G‘ulomov - tish texnigi, onasi Farog‘at G‘ulomova uyda - farzandlar tarbiyasi bilan band edi.
    - Onam biz to‘rt nafar opa - ukalarimni oq yuvib, oq tarash bilan birga nihoyatda san’atsevar ayol edilar, - deya xotirlaydi Farida opa,  uyimizga Maryam Yoqubova, Mehri Abdullayeva, Mavluda A’zamova kabi o‘z davrining mashhur san’atkorlari tez - tez kelib turishardi. Onamlar ularning suhbatidan ilhomlanib, dutorni o‘xshatib chalardilar...
    O‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq, Farida ich - ichida texnika sohasiga qiziqish sezardi.
    Bu davrning qizlari ko‘proq shifokor, muallima bo‘lishni orzulaganlar. Faridada esa o‘rta maktabni tugatgach, texnikaga bo‘lgan qiziqishi ustun keldi va 1957 yilda Toshkent davlat politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirdi. 1962 yilda institutni muvaffaqiyatli tugatdi.
    Yoshlikning o‘ziga xos haroratli xotiralari bo‘ladi. Farida kirgan fakultetda, asosan, yigitlar ta’lim olishar edi. Kurslarida bor -yo‘g‘i 3 nafar qiz o‘qil, ulardan faqat Farida o‘zbek qizi edi. Xalqimizning qobiliyatini namoyon qilish, “o‘zbeklarda, texnikaviy bilimlarga uquvi yo‘q”, degan gap - so‘zga qolmaslik uchun Farida astoydil o‘qirdi.
    Ayni paytda, yuqorida aytganimizdek, yoshlikning beg‘ubor tuyg‘ulari ham unga begona emas edi.
    Bitiruvchi kurs tolibi, Kattaqo‘rg‘onlik Inatulla Xudoyqulov uni ko‘z ostiga olib yurar, qizga bo‘lgan begubor hissiyotlarini bildirgan ham edi.
    Meni ota - onam ne - ne umidlar bilan o‘qityapti. Sevgi, oila deb o‘qishimni chala qoldirib, turmushga chiqa olmayman. Kutaman, desangiz...
    Farida yigitning izhorlariga shunga o‘xshash javoblar qilganini taxmin kilish mumkin, chunki Inatulla Xudoyqulov birinchi kursda ko‘ngil qo‘ygan qizini qancha lozim bo‘lsa, shuncha kutib, keyin u bilan oila qurdi.
    Farida ham yigitning o‘tli muhabbatiga hurmat bi¬lan javob berdi: “Poytaxtdan ketmayman”, - demadi. Kattaqo‘rg‘on shahriga kelin bo‘lib tushdi va so‘ngra bir umr Samarqandlik bo‘lib qoldi.  Mehnat faoliyatini 1962 yilda Kattaqo‘rg‘on shahridagi suvsozlik idorasida katta muhandis lavozimidan boshladi. 1967 yildan Samarqand arxitektura va qurilish institutiga ishga o‘tdi. Avval suv ta’minoti va kanalizatsiya fakultetida katta o‘qituvchi, keyinchalik kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.
    1967 yildan Samarqand arxitektura va qurilish institutiga ishga o‘tdi. Avval suv ta’minoti va kanalizatsiya fakultetida katta o‘qituvchi, keyinchalik kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.
    Uz sohasining hadisini olgan kishilarga soha rahbarligini ishonadilar. Farida Ziyamuhamedovani ham 1976 yilda Samarkand viloyati qurilish bo‘limiga ishga taklif qilishdi, to 1984 yilgacha shu lavozimda faoliyat olib bordi. 1984 yildan esa Samarqand shahar Bog‘ishamol tumani (sobiq) ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlay boshladi.
    Farida Ziyamuhamedovaning odamlar bilan tez til topisha olish qobiliyati, ularning ishonchini qozonishi mutasaddi tashkilotlar nazaridan chetda qolmadi, albatta. Shuning uchun u kishiga ketma - ket turli rahbarlik lavozimini ishonishdi.
    1990 - 2007 yillar oralig‘ida Samarkand viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasida rais va (2001 yildan) rais o‘rinbosari lavozimlarida fao¬liyat olib bordi.
    Qaysi lavozimni menga ishonishmasin, hamisha xal va Vatan manfaatini o‘yladim. Ayniqsa, xotin - qizlarni ish  bilan ta’minlash, kasanachilikni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratdim. Samarqand viloyatining har bir tumanida tashkilotimiz bo‘limini tashkil qildim.
    Vazirlik tavsiyasi bilan Frantsiya, Amerika, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda bo‘lib, turdosh tashkilotlarning soha bo‘yicha ishlari bilan tanishdik. Vazirlikka qarashli tashkilotlarimizni kompyuterlar bilan ta’minlashga erishdim, - deya o‘zi ishlagan yillarini mamnuniyat bilan xotirlaydi Farida Ziyamuhamedova.
    U 2007 yilda mehnat faoliyatini yakunlab, nafaqaga chiqdi. Lekin qaysi ayol mehnat va mehrdan to‘xtaydi, deysiz, Farida Ziyamuhamedova garchand davlat xizmatidan nafaqaga chiqqan bo‘lsa - da, ayol, ona, buvi bo‘lib faoliyatini davom ettirmoqda.
    Mehr - muhabbat bilan bunyod bo‘lgan oilada Alisher, Fotima, Zuhra, Temur ismli farzandlar tug‘ildi.
    Alisher bilan Fotima - arxitektor, Zuhra - dizayner, Temur esa biznes sohasini tanladi.
    Farzandlar Farida ayaga bugun nevara, evaralar hadya etishdi.
    - Turmush o‘rtog‘im, farzandlarimdan juda minnatdorman. Ularga hamisha mehr ko‘rsatdim va ayni chog‘da hammasidan izzat ko‘rdim. Odam ham, dam ham g‘animat. Bugun bolalarimning har biri ota - ona bo‘lib, oila, jamiyat yukini ko‘tarishyapti. Ulardan ortiqcha e’tibor talab qilmaslikka harakat qilaman. Ortiqcha tashvishga qo‘ymaslikka urinaman...
    Farida Ziyamuhamedova barcha umrini mehnat bilan o‘tkazgan onalar kabi bama’ni, oqila... Uni yana va yana tinglaging, ibrat namunasi bo‘lgan xotiralarini qalbingga muhrlaging keladi.    
    Farida Ziyamuhamedova barcha umrini mehnat bilan o‘tkazgan onalar kabi bama’ni, oqila... Uni yana va yana tinglaging, ibrat namunasi bo‘lgan xotiralarini qalbingga muhrlaging keladi.   



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5