Mavjuda Mahamadjonovna 1941 yilning 12 dekabrida tavallud topgan. U maktabda o‘qigan yillarida o‘qituvchilar darslariga quloq solardi - yu, ularga havasi kelib ketardi. Ba’zida xuddi mehrigiyolari bordek tikilib qolardi, hatto ularning o‘rniga o‘zini ham qo‘yib ko‘rardi va birdan allanechuk sevinib ketardi. Uyiga borganida darslarini tayyorlayotib huddi o‘qituvchiga o‘xshab talaffuz qilgisi kelardi. Ba’zan buning uddasidan ham chiqardi. Shu bois uning uchun maktabni bitirgach, qayerga o‘qishga borsam ekan degan savol tug‘ilmadi. O‘z hujjatlarini to‘g‘ridan - to‘g‘ri Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga topshirdi. Uni muvaffaqiyatli tamomlab, maktabda ishladi. So‘ng Toshkent Xalq xo‘jaligi institutiga ishga o‘tdi, keyinchalik Toshkent Moliya instituti tarix kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qila boshladi. U “O‘zbekistonda xotin - qizlar bo‘limining roli (1919 — 1932)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. U o‘z fani, o‘z ta’limi orqali yoshlarga milliy qadriyatlarimizni tushuntirib bormoqda. Talabalar o‘rtasida ma’naviy va ma’rifiy ishlar olib bormoqda. Bu uniig institut xotin - qizlar kengashi raisi lavozimida olib borayotgap ishlarida yaqqol ko‘rinadi. “Kelinchaklik — katta baxt, uni qadrlash kerak”, “Muhabbat o‘yinchoq emas” kechalari, ijodkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar buning yaqqol dalilidir.
Mavjuda Maxamadjonovna respublika matbuotida o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etmoqda. Uning bir nechta uslubiy qo‘llanmalari, tezislari nashr etilgankim, ular bugungi jarayonni yaxshiroq tushunish uchun, uni qadrlash uchun, xalqimiz tarixini xaqqoniy tushunish uchun xizmat qiladi. Mana ularning ayrimlari: “O‘zbekiston tarixi” fanidan izohli lug‘at (1997 y.), “Amir Temurning hayoti va faoliyati” (1993 y.), “Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati” (1994 y.), “Joikuyar vatanparvarlikni shaqllantirish va milliy istiqlol mafkurasi” (1994 y.) va hokazo.
Mavjuda Ziyamuhamedova talabalarga hamon saboq bermoqda. Bu yo‘lda unga kuch - quvvat tilaymiz.