Qaxramonimiz Respublika ixtisosolashtirilgan markazi (RIKM) aritmiya bo‘limi rahbari,yurak aritmiyalari laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodim, tibbiyot fanlari doktori Zokirov Nodirjon.Tibbiyotchilar sulolasining bosh vakili, Nodirjonning otasi , taniqli dorishunos olim-farmakolog . O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi , professor, ko‘p yillar davomida toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologoiya kafederasi mudiri bo‘lgan Zokirov (hozir 80 yoshda) farzandlariga ham inson salomatligi yo‘lida o‘zini baxshida qilish sanatini singdira oldi. Shu bois Nodirjon kardiolog,Yolqinjon Toshkent pediatiriya tibbiyot institutida patofiziologiya kafedrasi mudiri, tibbiyotfanlari doktori, professor. Alisherjon ko‘z kasalliklari bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori , professor, Hulkarxon Respublika ixtisoslashtirilga ilmiy-amaliy tibbiyot markazida fizioterapiya bo‘limi mudiri ,tibbiyot fanlari nomzodi ,baryaasi tibbiyot olamining jonkuyarlari. Taqdirni qarangki. Nodirjonning rafiqasi ham tibbiyot fanlari nomzodi ,”EBBOT” farmatsevtika firmasi menejeri, ularning farzandlari –uchinchi avlod: Zulfiyaxon Toshkent tibbiyot akademiyasini bitirib oilaviy shifokor sifatida ish faoliyatini boshladi, Feruzaxon TPTI talabasi , Ezozaxon o‘quvchi ( u ham shifokor bo‘lsa ajab emas) ... Nodirjonning onasi Dilbarxon aya (hozir 74 yoshda ) rustili vaadabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib, farzandlariyu nabiralarining rus va chet tillarini qunt bilan o‘rganishi uchun imkoniyat yaratishga harakat qildi. Ota-ona bolalaridagi iqtidorni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, ulardan yaxshi mutaxassis yetishib chiqadi. O‘zuv ota bilan Dilbarxon aya bu hayot haqiqatini o‘zlarida sinab ko‘rishdi.
Bugun Nodirjon O‘zuvovich (1964 yili Toshkentda tug‘ilgan) nomini Olmazor tumanidagi o‘zi o‘qigan 249- maktab jamoasi ( oltin medal bilan tugatgan), Toshkent tibbiyot akademiyasidagi (imtiyozli diplom bilan bitirgan ) ustozlari, qolaversa , kardiologiya markazi jamoasi hurmat bilan tilga oladi. Nodirjon O‘zuvovich 28 yillik shifokorlik faoliyati davomida o‘qidi, izlandi ,tibbiyot olamining sinoatlarini kashf qildi . 1985- yili maslahat poliklinikasida o‘rta tibbiy xodim lavozimida ish boshlagan shifokor 1994 yili tibbiyot fanlari nomzodi, 2002 -yili fan doktori ilmiy darajasiga erishdi. Xususan, uning ishtirokida yurak maromi va o‘tkazuvchanligiga oid kasalliklar bo‘yicha miokard infarkti o‘tkazgan bemorlarda qo‘llagan qizilo‘ngach orqali chap bo‘lmachani elektr stimulyatsiya qilish uslubi ilmiy –amaliy tibbiyot jamoatchiligining hamda elimizning etirofiga sazovar bo‘ldi. Nodirjon Zokirov masul ijrochi bo‘lgan ilmiy tadqiqotlar natijasida mahalliy o‘simliklardan olingan yangi dori vositalari ikundalik amaliyotga tatbiq etildi. Malakali kardiolog o‘zining 250dan ortiq ilmiy ishlari hamda maruzalari bilan nafaqat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) da,balki Yevropa va dunyo miqyosidagi anjumanlarda ham qatnashib respublikamiz tibbiyotchilarining zakovati qudratini namoyish etdi. Zokirov Nodirjon respublika kardiologiya markazini tashkil etishga ham katta hissa qo‘shgan .Shuningdek, mohir mutaxassis(Buxoro viloyati kardiologiya xizmati kuratori) ning o‘tkir salohiyat sohibi ekanligi Buxoro vilochti kardiologiya dispanserini reorganizatsiya qilish va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlashda ham o‘z aksini topgan. U respublikamizning turli viloyatlarida bo‘lib, o‘n mingdan ziyod bemorlarning dardini aritgan. Zakiy shifokorning ilmiy-amaliy konferentsiyalarda . o‘quv kurslarida qilgan maruzalari mutaxassislar ( klinik ordinatorlar, magistrlar, diplomdan keyin talim oluvchilar , aspirantlar va izlanuvchilar )ga dasturilamal bo‘ldi desak mubolog‘a emas. Zokirov Nodirjon rahbarligida yetishib chiqqan shifokorlar va fan nomzodlari bugun el xizmatida.
Nodirjon O‘zuvovich talabchan rahbar bo‘lish bilan birga katta jamoaning faol xodimidir.U ko‘p yillar mobaynida yosh olimlar kengashi va revizion qo‘mita raisi , doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kardiologiya kengashi azosi bo‘lib ishlagan.Hozirgi kunda kasaba uyushmasi rayosati hamda RIKM ilmiy kengashi azosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi azosi.