Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent
1957 yil 14 aprelda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida dunyoga kelgan. 1974 yilda tumandagi 1- o‘rta maktabni tugallagan. Shu yili Toshkent qishloq xo‘jalik instituti agrokimyo - tuproqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi va 1979 yili o‘qishni olim - agronom, agroximik - tuproqshunoslik mutaxassisliklari bo‘yicha bitirdi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng Toshkent qishloq xo‘jalik institutining Farg‘ona filialiga yosh mutaxassis sifatida yo‘llanma asosida ishga yuborildi. 1987 yili O‘zbekiston paxtachilik ilmiy - tadqiqot instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy Kengashda professor Q. Mirzajonov rahbarligida “Tosh - shag‘alli tuproqlarda turli nav g‘o‘zalarni sug‘orish tartiboti” mavzusidagi nomzodlik ishini yoqladi.
1988 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutida ish boshladi.1999 yili dotsent ilmiy unvonini oldi. 1998 - 2001 yillarda universitet fan bo‘limi boshlig‘i, 2001 - 2009 yillarda tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Hozirda tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti.
S. Zokirovaning xarqaro va respublika jurnallarida 40 dan ortiq ilmiy maqolalari, 80 dan ilmiy maqola va tezislari chop etilgan. Olima tomonidan “Tuproqlar biologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasi, professor G‘.Yuldashev bilan birgalikda,”Qumli yerlarda suniy ekinlarni yaratish” nomli monografiyasi, ”Tuproqlar muhofazasi’ nomldi darsligi , “Markaziy Farg‘ona qumliklarini mustahkamlash” uslubiy qo‘llanmasiyo,”Tuproqlar melioratsiyasi” o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan. Shuningdek, professor Sh. Iskandarova bilan birgalikda Farg‘ona davlat universitetida faoliyat olib borgan olimalar haqidagi “Farg‘onaning fan gulshani” nomli kitobi 2014 yilda nashr etilgan. S. Zokirovaning “Markaziy Farg‘ona qumliklaridagi fosforning tasiri” nomli maqolasi professor G‘. Yuldashev bilan birgalikda 2010 yili Xindistonda chop etilgan.