O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Zokirxo‘jayeva Nabira

    Aytishlaricha,erta  bilan ishini  oqshomlari uyini sog‘inib  shoshib  boradigan insonlar  baxtli ekan. Xaq gap . Chindan ham sevgan kasbkori bilan shug‘ullanadigan inson ishga shoshadi, charchab - toliqsada, bilinmaydi, ko‘ngli yaqinlari mehri bilan toshgan inson oilasiga talpinadi.
    Shu ma’noda bolalar shifokori Nabira Zokirxo‘jayeva o‘zini baxtli deb biladi. Mana,qariyb 30 yildirki, Toshkentdagi 4 - shahar klinik shifoxonasida faoliyat olib boradi. O‘tgan vaqt mobaynida uning qo‘llarida qancha bolalar shifo topmadi, deysiz.
    - Shifokorlik shunday kasbki, uning orom soatlari bo‘lmaydi. Axir, issiq jon, shifokor yordamiga ko‘z tikmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, nozik xilqat - bolalarning salomatligi hamisha shifokor nazoratida, diqqat - e’tiborida bo‘lishi kerak. Bu esa shifokorlardan ikki karra ko‘proq fidoyilikni talab etadi, - deydi Nabira Zokirxo‘jayeva. Bolaligimdan xonadonimizda bu tushuncha qat’iy qoidaga aylangandi.
    Ha, Nabira bolalikdan ana shunday muhitda, shunday tushunchalar bilan voyaga yetdi. Bu xonadon sohibi Abdulla aka Abduazimov bolalar shifokori bo‘lib, Toshkent davlat tibbiyot institutini (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) tugallab, Namangan viloyatida mehnat faoliyatini boshlagan, besh yil davomida shifoxonada bosh shifokorlik darajasigacha ko‘tarilgan edi. Nabira ham go‘zal Namanganning Uychi tumanida tavallud topdi. Keyinchalik oila yana o‘z ona shahri - Toshkentga qaytdi. Abdulla aka tibbiyot nazariyasi bilan shug‘ullanishga ahd qilib, aspiranturaga  kirib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kirishdi. Ko‘p o‘tmay tadqiqotlari o‘z samarasini berib, u tibbiyot fanlari nomzodi dissertatsiyasini muvaffakiyatli yoqladi. Ko‘p yillar Urta Osiyo Pediatriya institutida bo‘lajak shifokorlarga dars berdi, dekan bo‘lib ishladi. Taqdirni qarangki, ustoz umrining so‘nggi daqiqalarini ham talabalar davrasida kechirdi: 1963 yili darsda, lektsiya o‘qib turib vafot etdi. 
    Xonadon bekasi Nazira opa ham umr yo‘ldoshi kabi tibbiyot rivojiga hayotini bag‘ishladi. Uzoq yillar mobaynida Toshkent farmatsevtika institutida faoliyat olib bordi.
    Nabira ota kasbini tanladi, bolalar shifokori bo‘lish, murg‘ak xasta vujudlarga darmon bo‘lish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga hissa qo‘shishni o‘z hayotining mazmuni deb bildi. Shu maqsadda bir vaqtlar otajoni faoliyat olib borgan O‘rta Osiyo Pediatriya institutida tahsil oldi. 1983 yili bolalar shifokori diplomi bilan Toshkentdagi 4-bolalar shifoxonasiga ishga keldi.
    -Shundan beri bu dargoxdan keta olmayman. Ikkinchi uyim bo‘lib qoldi, desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak, deydi Nabira opa. - Oradan esa qancha yillar o‘tdi, qancha suvlar oqib o‘tdi. Bu vakt ichida sevinib topganlarim ham, kuyunib, yonib yo‘qotganlarim ham bo‘ldi. Hayot shunday ekan.
    Bu shifoxona Nabira opa uchun chin ma’noda hayot maktabi bo‘ldi. Talabalik kursisini tark etib kelgan qiz bu yerda ustoz shifokorlardan amaliyot saboqlarini oldi. Qabuliga kelgan har bir bemor bolaning shifo topishi unga yana bir maktab bo‘ldi. Shu tarzda u tajribali shifokor bo‘lib shakllandi, hurmat-e’tibor qozondi. Bugun esa u oliy toifali shifokor, shifoxona bo‘lim boshlig‘i, yosh shifokorlarning maslahatgo‘yi. Ertalab hammadan avval ishga keladigan ham, oqshom eng kech ketadigan ham uning o‘zi. Uning fidoyiligi, jonkuyarligi, hamkasblariga mehribonligi tufayli shifoxona kasaba uyushmasi raisi etib saylashgan.
      -Yillar o‘tgani sayin ishxona ham oilangdek bo‘lib qolarkan. Yutug‘i bilan quvonasan, muammolarini hal etish uchun yelib-yugurasan. Hamkasblaring esa jigaringga aylanadi. Quvonchimiz ham, tashvishlarimiz ham o‘rtada. Bir- birimizga suyanch bo‘lib qolganmiz, - deydi Nabira opa.
    Biroq insonning, ayniqsa, ayolning asosiy suyanchi - bu uning oilasi. Nabira Zokirxo‘jaeva bir fayzli xonadon sohibasi. U 20 yoshida, hali talabalik yillarida bir ziyoli xonadonga kelin bo‘lib tushdi. Turmush o‘rtog‘i, muhandis Ahrorxon bilan 30 yildan ortiqroq baxtli hayot kechirishdi. Uch o‘g‘ilga  ota – ona  bo‘lib,   ularni   barkamol  inson kilib voyaga yetkazishdi. Biroq 2010 yili og‘ir xastalik Nabirani Ahrorxondan judo qildi.
    -Birga umr kechirgan yillarimizga nazar tashlasam, faqat bir marta o‘rtamizda tushunmovchilik bo‘lgan ekan. Hech esimdan chiqmaydi, o‘sha kuni ishdan juda charchab kelgandim. Kayfiyatim ham yo‘q edi. Uyda esa odatdagidek meni bemor bolalarini olib kelgan ota-onalar kutib o‘tirishardi. Ularga qarab tegishli muolajalar yozib berib, keyin umr yo‘ldoshimga “agar yana birov kelsa, meni yo‘q deb aytib qo‘yaqoling”deb iltimos qildim. U kishi rozi bo‘ldilar. Biroq bir ozdan so‘ng meni chaqirdilar- da, bemor kelganini aytdilar. Shunda juda hafa bo‘lib ketdim-da, “yo‘q” desangiz bo‘lardi-ku, - deb yubordim. Turmush o‘rtog‘im bo‘lsa, meni endi ko‘rayotgandek, tikilib qaradilar-da: “Axir sizni bemor, xastalikdan azob chekayotgan bola kutyapti. U sizning yordamingizga muhtoj. Qanday qilib yolg‘on gapiraman? Gippokrat qasamini ichganingizni unutmang”, - dedilar.
    Farzandlarimning otasi ana shunday inson edilar. Ju- dolik bizga og‘ir bo‘ldi. Lekin o‘zimga tasalli beraman, ne- gaki, bu xastalik bilan ular 26 yoshlarida vafot etishlari ham mumkin edi. Yaratgan bizga shuncha imkon berdi, uch far- zandimizni voyaga yetkazdik, ikki o‘g‘limizni uylantirib, ikkita kelin ko‘rdik. Hozircha beshta nevaramiz bor.
    Farzandlar ham o‘z ota-onalaridek komil inson bo‘lib o‘sishdi. Katta o‘g‘il Asrorxon Mirobod tumani “Suv- soz” tashkilotida mas’ul lavozimda ishlaydi. Ikkinchi o‘g‘illari A’zamxon ham shu tashkilotda iqtisodchi bo‘lib faoliyat olib bormoqda. Kenja o‘g‘il Azizxon ayni paytda Yaponiyada magistraturada tahsil olmoqda. Xullas, farzandlari havas qilsa arzigudek. Kelinlar ham shunday, o‘qimishli, keng dunyoqarashli.
    O‘zim qaynonamning duolarini, ta’limlarini olgan kelinman.
    - Onajonim meni juda yaxshi ko‘rardilar. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Ular juda dilkash, muloyim va qo‘llari shirin, pazanda ayol edilar. Endi esa o‘rganganlarimni kelinlarimga o‘rgatyapman, - deydi Nabira opa. - Kelinlarim ham juda yaxshi, qizim  yo‘qligini bildirishmaydi. Men ham ularni kizim, - Onajonim meni juda yaxshi ko‘rardilar. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Ular juda dilkash, muloyim va qo‘llari shirin, pazanda ayol edilar. Endi esa o‘rganganlarimni kelinlarimga o‘rgatyapman, - deydi Nabira opa. - Kelinlarim ham juda yaxshi, qizim yo‘qligini bildirishmaydi. Men ham ularni kizim, deganman.
    Hayot quvonch-tashvishlar bilan ana shunday davom etaverar ekan.
    Nabira opaning xayotidagi falsafa - inson kadrini bilish, ezgu o‘y-fikrlar bilan yashash. Niyatim esa farzandlarimiz sog‘lom bo‘lsin. Zero, sog‘lom avlod - sog‘lom istiqbol demakdir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5